Qurbon Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qurbon Nazarov (1909.1.1 – Qoʻqon – 1989.10.9) — aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Samarqand qishloq xoʻjaligi texnikumida (1924–26), Moskva Badiiy akademik teatri studiyasida taʼlim olgan (1930–32). Ijodiy faoliyatini Samarqand "Koʻk koʻylak" teatrida aktyor sifatida boshlagan (1926). 1932–73 yillar Qoʻqon teatrida aktyor, rejissyor I. ijodiga oʻtkir harakterli obrazlar yaqin boʻlib, sahnada Solihboy (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Boboxon (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuxra"), Xusrav (Xurshid; V. Uspenskiy, "Farhod va Shirin"), Husayn Boyqaro (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy") kabi bir qancha yorqin rollar oʻynagan. Rejissyor sifatida "Malikai Turandot" (K.Gotssi), "Gulsara" (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), "Arshin mol olon" (U. Hojibekov), "Navbahor", "Parvona" (Uygʻun), "Oltin devor" (E.Vohidov) va boshqa asarlarni sahnalashtirgan. "Tohir va Zuhra", "Furqat", "Ulugʻbek yulduzi" va boshqa filmlarda suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil