Qurbon Haqberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Haqberdiyev Qurbon Haqberdievich

Haqberdiev Qurbon Haqberdievich

Shaxrisabz Nuroniylar jamg'armasi raisi .
1992-yildan — 1999-yil
F.Engels kolxozi raisi
1984-yildan — 1992-yil gacha
Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasida inspektor
1979-yildan — 1984-yilgacha
Frunze nomli kolxozi raisi
1975-yildan — 1979-yilgacha
G'uzor rayon partiya qumitasining birinchi kotibi
1973-yildan — 1975-yilgacha
F.Engels nomli kolxozi raisi
1961-yildan — 1973-yilgacha
Shaxrisabz rayon partiya qumitasining ikkinchi kotibi
1960-yildan
Qashqadaryo viloyati komsomol qumitasining birinchi kotibi
 
Tavalludi: 5-may 1926 (1926-05-05) (93 yosh)
Ommag'on, OʻzSSR, SSRI
Vafoti: (1999-07-22)iyul 22, 1999
Shaxrisabz shahri

Haqberdiyev Qurbon Haqberdievich (oʻzb. Ҳақбердиев Қурбон Ҳақбердиевич;1926-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Ommagʻon qishlogʻida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda va Qashqadaryo vohasida uzoq yillar davomida ilgʻorlikni qoʻlga kiritib kelgan F.Engels nomidagi kolxozga raislik qilgan. Q.Haqberdiev rahbarligida kolxoz paxtachilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini etishtirishda mamlakatda yetakchi oʻrinlarni egallab kelgan[1][2].

Biografiya[tahrir]

Haqberdiyev Qurbon Haqberdievich 1926 yilda Ommag‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati Xitoy qishloq sovetida kotiblikdan boshlangan. Qarshi pedagogika bilim yurtini bitirib, 1943 yildan o‘qituvchilik qila boshlagan, so‘ngra hozirgi Miroqi sh.t.p.da oldin rayon bo‘lgan komsomol qumitasining birinchi kotibi bo‘lgan. 1952 yil Moskvada Oliy komsomol maktabini bitirgan. Qashqadaryo viloyati komsomol qumitasining birinchi kotibi, 1960 yildan SHaxrisabz rayon partiya qumitasining ikkinchi kotibi, 1961 yil noyabrdan 1973 noyabrgacha F.Engels nomli kolxozga rais, 1973-1975 yillar G‘uzor rayon partiya qumitasining birinchi kotibi, undan so‘ng 1979 yilgacha SHaxrisabz rayonidagi Frunze kolxoziga rais, 1979-1984 yillarda Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida inspektor, 1984 dekabrdan boshlab yana F.Engels kolxozga raislik qildi. 1992 yildan umrlarining oxirigacha SHaxrisabz rayon Nuroniylar jamg‘armasi raisi bo‘lib ishlagan.

Turmush urtog'i Hayitoy Jo‘raqulova(1938-2005). 9-ta farzandi bor. 4 o'gil va 5 qiz.

Mehnat faoliyati[tahrir]

Mukofotlari[tahrir]

  • Lenin ordeni
  • Oktabr revolutsiya ordeni
  • Xalqlar do‘stligi ordeni
  • Mehnat qizil bayroq ordeni
  • O‘zbekiston SSR Oliy soveti faxriy yorlig‘i(4-marta)
  • Xalq ma’orifi a’lochisi
  • Va bir necha ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

Manbalar[tahrir]

  1. Xakberdiev, Kurbon. Trudniy put xlopka : [O kolxoze im. F. Engelsa Shaxrisabz. rayona Kashkadarin. obl.] / K. Xakberdiev. — Tashkent : Mexnat, 1989. — 49,[2] s.;
  2. 16 sm. — (Peredovoy opit — massam).; ISBN 5-8244-0429-1 : 15 k.(Peredovoy opit — massam) Uzb. Xlopkovodcheskie kolxozi — Kashkadarin. obl. NL 4 90-9/409