Qorday

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorday

qozoqcha: Қордай
qishloq
Skyline of Qorday
43°2′13″N 74°42′41″E / 43.03694°N 74.71139°E / 43.03694; 74.71139 G OKoordinatalari: 43°2′13″N 74°42′41″E / 43.03694°N 74.71139°E / 43.03694; 74.71139 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Tuman Qorday (tuman)
Asos solingan 1893
Avvalgi nomlari 1995-yilgacha Georgievka
Markazi balandligi 631 m
Aholisi
 (2019)
25 507[1]
Milliy tarkib qozoqlar, ruslar, qirgʻizlar, koreyslar, yevreylar, Azarbayjonlar, dunganlar, ingushlar, tatarlar, nemislar, chechenlar, oʻzbeklar, ukrainlar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+6:00
Telefon kodi +772636
Pochta indeks(lar)i 080400 — 080404
Avtomobil kodi 08 (H)
Qorday xaritada
Qorday
Qorday

Qorday (qozoqcha: Қордай, 1995-yilgacha Georgievka) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Qorday tumanidagi qishloq va tumanning maʼmuriy markazi. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy markaz boʻlib, Qoʻrday qishloq okrugining yagona aholi punkti hisoblanadi. KATO kodi — 314830100[2]. Qishloq Chu (Shu) daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, oʻrta oqimdan qozoq-qirgʻiz chegarasi oʻtadi. Qishloqqa kiraverishda Chu daryosi orqali oʻtuvchi A-2 avtomagistral koʻprigi yonida, Bishkekdan Olma-Otagacha boʻlgan yoʻlda (taxminan 20 km), shuningdek, Bishkekdan Shu (Chu) shahriga boradigan chegara posti joylashgan (Qorday qishlogʻidan 100 km. uzoqlikda).

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi 7 yil ichida yoshlarning Olma-Ota kabi yirik shaharlarga koʻchishi kuzatilgan. Bu, birinchi navbatda, ish oʻrinlarining yetishmasligi bilan bogʻliq. 2011-yilda qishloq aholisi 29644 kishini (18199 qozoq, 8692 rus, 2773 boshqa millat) tashkil qilgan[3]. 2019-yil boshida qishloq aholisi 25507 kishi (12280 erkak va 13227 ayol) boʻlgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet davrida qishloq iqtisodiyoti sanoatining tez oʻsishi boshqalaridan ajralib turgan. Bir necha terini qayta ishlash sexlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilgan. 1990-yilgacha qishloqda kinoteatr faoliyat yuritgan. Hozir qishloqda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, savdo va transport xizmatlari koʻrsatish jadal rivojlanmoqda. „HasanHalol“, „Qorday korm“ kabi bir qancha parrandachilik korxonalari mavjud. 2014-yilda Qordayda qishloq xoʻjaligi tuzilmalari va savdo rivojlangani bois tadbirkorlik subyektlari koʻrinishidagi koʻplab korxonalar ochildi. Qishloq markazida mashhur tadbirkor Baurjon nomidagi bozor ham bor. Bundan tashqari, 2015-yilda Flagman supermarketi ochilgan. 2016-yilda ikkinchi supermarket ochilgan, unga Shugʻla nomi berilgan. Agar qoʻrdayliklar va ularning ayni vaqtdagi mehnatini hisobga oladigan boʻlsak, ularning aksariyati davlat ishida ishlaydi. Chunki Qoʻrday viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgani uchun va qoʻrdayliklar davlat ishida ishlayotgani uchun katta-kichik korxonalarda ishchilar soni juda kam. Qordayda chta xususiy maktab mavjud.

Ommaviy axborot vositalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda „Qorday shamshiragʻi“, „KordayNewsWeek“ va „Tadbirkor va isteʼmolchi axborotnomasi“ kabi bir qancha internet va bosma gazetalar, saytlar mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Georgievka qishlogʻi 1892-yilda rus koʻchmanchilari tomonidan tashkil etilgan. Inqilobgacha qishloqda Traktovaya deb atalgan bitta koʻcha bor edi. Aholi punkti 1995-yilda hududning tarixiy nomi[4] boʻlgani uchun Qorday deb oʻzgartirilgan, u oʻz navbatida buyuk qozoq botiri nomi bilan atalgan. Sovet Ittifoqi Qahramoni Aleksandr Romanyutin (1924 — 2006) ushbu qishloqda tugʻilgan. 2016-yilda qishloqning sharqiy qismida harbiy shaharcha qurilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Korday // Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya (rus.). — Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2005. — T. III. — ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов, районных центров и поселков на начало 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 13-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
  2. „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Қордай ауданы бойынша халық саны және құрамы туралы мәлімет“. 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2015-yil.
  4. „История Кордайского района на сайте Акимата“.