Masanchi (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masanchi

qozoqcha: Масанчи
qishloq
42°55′44″N 75°18′7″E / 42.92889°N 75.30194°E / 42.92889; 75.30194 G OKoordinatalari: 42°55′44″N 75°18′7″E / 42.92889°N 75.30194°E / 42.92889; 75.30194 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Tuman Qorday (tuman)
Asos solingan 1878
Avvalgi nomlari Inpan, Kara-Koniz, Nikolaevskoye
Aholisi
 (2009)
13 606
Vaqt mintaqasi UTC+6:00
Telefon kodi +772636
Pochta indeks(lar)i 080421
Avtomobil kodi 08 (H)
Masanchi xaritada
Masanchi
Masanchi

Masanchi (qozoqcha: Масанчи) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Qorday tumaniga qarashli qishloq. Masanchi qishloq okrugining maʼmuriy markazi. U Qirgʻiziston bilan chegarada, viloyatning maʼmuriy markazi Qorday qishlogʻidan taxminan 46 km janubi-sharqda joylashgan. KATO kodi — 314847100[1].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda qishloq aholisi 8926 kishini (4527 erkak va 4399 ayol) tashkil qilgan[2]. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 13606 kishi (6914 erkak va 6692 ayol) yashagan[2]. Hozirda aholi soni 20 ming kishiga yetgan. Masanchida — 90% dunganlar, 5% qozoqlar, 5% ruslar istiqomat qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1878-yilda Dungan qishlogʻi Yinpan oʻrnida tashkil etilgan. 1965-yilgacha Qorakoʻniz yoki Qorakunuz[3] deb atalgan.

Dungan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq Oʻrta Osiyo, jumladan, qozoqlar, dunganlarning oʻziga xos „poytaxti“ hisoblanadi[4]. Dungan xalqi tarixi muzeyi Masanchi qishlogʻidagi Madaniyat uyida joylashgan. Har yili Sortoʻbe qishlogʻida boʻlgani kabi bu yerda ham „Dungan etnosi kuni“ bayrami nishonlanadi[5]. Qozogʻiston dunganlar uyushmasi (ADK) koʻmagida qishloqda Biyanx haykali ochilgan[6].

Mojaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 7-fevral kuni Jambul viloyati, Qorday tumani, Masanchi qishlogʻida igʻvo va millatlararo nizolarni qoʻzgʻatish oqibatida qirgʻin sodir boʻlib, undan asosan dungan millatiga mansub odamlar jabr koʻradi. Ikki oddiy odam oʻrtasida sodir boʻlgan otishma tufayli mojaro oʻgʻirlik va Masanchi qishlogʻiga hujumga aylanib ketadi. Muammo imkon qadar tezroq hal qilinadi. Har ikki tomon bilan ushbu favqulodda holatga qarshi kurashish boʻyicha maxsus komissiya tuzilib, profilaktik suhbat oʻtkaziladi. Oʻz yaqinlarini himoya qilish uchun chiqqan 11 dungan halok boʻlgan[7], 40 kishi yaralangan, 30 ta uy va 23 ta mashina yonib ketgan[8][9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2013-yil.
  2. 2,0 2,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  3. V tokiyskom universitete inostrannix yazikov proshlo „Mejdunarodnoe nauchnoe soveщanie po problemam sentralnoaziatskix dungan“, v kotorom prinyali uchastie i uchenie iz stran Tsentr…
  4. Инь Шугуан. „Дунгане и Китай: незаконченная история“. Жэньминь жибао (24-fevral 2010-yil). 27-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
  5. https://ru-ru.facebook.com/Khueiminbo/posts/820501258000446Andoza:Недоступная ссылка
  6. „Дунганская музыкальная культура“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2015-yil.
  7. „Число погибших в беспорядках на Кордае выросло до 11 человек“. Sputnik Казахстан (9-fevral 2020-yil). Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
  8. „8 человек погибли при инциденте в Кордайском районе“. Tengrinews.kz (8-fevral 2020-yil). 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
  9. Мамашулы Асылхан. „Ночной кошмар. События в сёлах Кордайского района: есть жертвы и раненые“. Радио Азаттык (8-fevral 2020-yil). 4-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
  10. „Подробности событий в Кордайском районе. Видео“. Tengrinews.kz (8-fevral 2020-yil). 19-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.