Qora tuproqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qora tuproqlar - tuproq tipi. Asosan, lyossimon qumoqlarda dashtlarning quruq moʻʼtadil sovuq iqlimida va davriy ravishda yuviladigan yoki yuvilmaydigan suv rejimida, koʻp yillik oʻt oʻsimliklar ostida shakllangan, gumusga boy. 1896 yilda rus tuproqshunos olimi V.V. Dokuchayev tuproq tipi sifatida taʼriflab bergan. Karbonatli ona jinsi, asosan, lyoss va lyossimon qumoqlar, uchlamchi davr neogen yotqiziqlari, gilli jinslar, shoʻrlangan jinslar, ellyuvial jinslardan iborat. Qora tuproqlar organik moddalar, jumladan, chirindi (gumus) ning koʻpligi, donador strukturasi, yuqori unumdorligi bilan tavsiflanadi.

Oʻsimliklari oʻtmishda oʻrmondasht zonasining tabiiy oʻsimliklari, oʻrmonlar dasht oʻtloqlari bilan almashib turgan. Hozirgi vaqtda Qora tuproqlar maydonlarining asosiy qismi haydalib, oʻzlashtirilgan. Dashtlardagi tabiiy oʻsimliklar har yili koʻplab organik massa qoldiradi (100—200 s/ga), uning 40—60% oʻsimliklarning ildizidan iborat; gumusli qatlam yupqa (25 sm dan kam) — 120 sm dan ortiq, nor-donligi — rN 5,6—8,0, nam sigʻimi 38—43%. Qora tuproqlar podzollashgan, ishqor-sizlangan, tipik, oddiy, jan. kabi 5 ta tipchaga boʻlinadi.

Yer sharida Qora tuproqlar maydoni 240 mln. ga. Asosan, Yevrosiyo, Shim. va Jan. Amerikani egallagan Qora tuproqlar zonasi Yevrosiyoda, Yevropaning gʻarbi va janubi-sharqi, Mongoliya va Xitoygacha davom etadi. Shim. Amerikada Qora tuproqlar AQSH ning baʼzi gʻarbiy shtatlari va Kanadaning jan. provinsiyalarini egallagan; Jan. Amerikada Jan. Argentina va Chilining jan. togʻ etagi r-nlarida joylashgan. Moldaviya, Ukraina, Rossiyaning markaziy viloyatlari, Shim. Kavkaz, Volgaboʻyi, Gʻarbiy Sibirda tarqalgan. Qora tuproqlarda kuzgi va bahorgi bugʻdoy, qand lavlagi, kungaboqar, nasha, zigʻir, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va tokchilik, chorvachilik rivojlangan. Qora tuproqlar unumdorligini oshirishda nam toʻplash va undan unumli foydalanish asosiy ahamiyatga ega. Qora tuproqlar suv rejimini yaxshilash uchun sugʻorish oʻtkaziladi, ihota daraxtlari ekiladi va boshqa

Xodimat Maxsudov.