Qora haykal (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qora haykal
Asosiy maʼlumotlar
Janr roman
Muallif Erix Mariya Remark
Orginal tili nemis
Yozilgan sana 1956

Qora haykal“ (nemischa: Der schwarze Obelisk') — Erix Mariya Remarkning „Jahon urushi“dan keyingi davrlarda insonlarning hayoti tasvirlangan romani. Bu „Kechikkan yoshlik hikoyasi“ tasnifiga koʻra, Birinchi jahon urushidan omon qolgan, urushdan keyingi davrlarda hayot kechirayotgan va „oddiy“ hayot tarzini qayta qura olmaydigan sobiq askarlar hikoyasi. Asar voqelari global iqtisodiy inqiroz va Germaniyadagi gipper-inflyatsiya paytida yuz beradi.

Badiiy nuqtai nazardan, „Qora haykal“ "G‘arbiy frontda oʻzgarish yoʻq" va "Ortga yoʻl" romanlarining mantiqiy davomidir. Roman birinchi marta 1956-yilda nashr etilgan. Ammo Remark 1920 va 1930-yillarda "Uch ogʻayni" asari yozish bilan parallel ravishda roman ustida tayyorgarlik ishlarini olib borgan edi[1] .

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman „yoʻqotilgan avlod“ vakili boʻlgan Lyudvig Bodmer nomidan hikoya qilinadi va 1923-yilda Germaniyadagi inflyatsiya davrida Verdenbryuk shahrida boʻlib oʻtadi. Inqiroz davrida narxlar kuniga bir necha marta oʻzgaradi, aholi orasida millatchilik tuygʻusi koʻtarila boshlaydi. Lyudvig qabr toshlari sotuvchisi boʻlib ishlaydi, shoirlar klubiga qoʻshiladi, ruhiy kasalxonada bepul ovqat evaziga organ chaladi, u yerda u oʻzini Izabella, xayolparast, sirli ayol deb hisoblaydigan Jenevye Tergoven bilan tez-tez uchrashib turadi. Qiz Lyudvigni turlicha chaqiradi: Rolf, Rudolf, kamdan-kam hollarda Raul yoki Ralf. Yigit qizga nisbatan platonik muhabbatni his qiladi. Bunday turli xil tadbirlar orqali Lyudvig oʻz shahri va uning atrofidagi qishloqlarda yashaydigan aholi bilan muloqot qiladi va oʻquvchiga asar qahramonining ularga nisbatan mulohazasini berib oʻtadi. Masalan, baʼzi biznes egalari eski tamoyillarga amal qilishadi va oxir-oqibat tanazzulga uchrashadi, boshqalari chayqovchilik qiladi, tizimdan foydalanadi va axloqiy jihatdan notoʻgʻri yoʻllar bilan boyib ketadi. Yana asarda urush faxriylarini ko‘ramiz — kimdir ularni muvaffaqiyatsiz urushga olib kelgan eski usullarni tanqid qiladi, boshqalari harbiy intizom davrlarini qoʻmsab, eski kunlarga qaytishni orzu qiladi va Adolf Hitlerning fazilatlarini maqtab, oʻta fanatik millatchilarga aylanadi. Ulardan biri millatchi, qassob Vasek edi. Uning rafiqasi Liza, Georg Kroll bilan don olishadi. Asar davomida Lyudvig Izabella bilan sevgi, hayotning maʼnosi, Xudo haqida uzoq suhbatlar olib boradi. Ular oʻrtasida alohida munosabatlar rivojlanadi.

U qabr toshlari sotuvchisi sifatida oʻz kasbini urush paytida egallagan kasb deya istehzo qiladi. Birinchi jahon urushi asar qahramonlariga ongiga chuqur singib ketgan. Ular koʻpincha oʻzlarining tajribalari haqida gapiradilar. Hamkasbi Georg Kroll bilan birgalikda Lyudvig inflyatsiyaning keskin oshib borayotgani tufayli tobora qiyinlashib borayotgan va yashashlari uchun birdan-bir vosita boʻlan qabrtosh yasash savdosini boshqaradi.

Qora haykal asarida shuningdek, odamlarning omon qolishlarini uchun har qanday hiyla-nayranglardan tap tortmasdan foydalanishi aks ettirilgan. Misol uchun, baʼzi ayollar keyinchalik turmush qurish uchun boy va muvaffaqiyatli erkaklarni qidirishadi.

Oddiy qora haykalning tasviri

Kutilmaganda, Izabella tuzalib ketadi va Izabellaning shaxsiyati sobiq Jenevyevning shaxsiyati bilan almashadi. Doktor Vernike uning kasalligining sababi haqida aytib beradi. Otasining oʻlimidan soʻng, onasi Jenevrani sevib qolgan Rudolf ismli oilaviy doʻstga turmushga chiqadi . Boshqa narsalar qatorida, u jinsiy aloqa paytida onasini Rudolf bilan koʻrib qoladi. Biroq, tuzalib ketgan Jenevra Lyudvigni tanimaydi va Lyudvigga jiddiy taʼsir qilgan hech narsani eslamaydi. Izabella tufayli Lyudvig dunyoqarashida yangi ufqlarni kashf etadi.

Romanning muhim jihati — bu faxriylar klubi tomonidan keng targʻib qilingan milliy sotsializmning kuchayishi boʻlib, u boshida tinchlikparvar boʻlgan, ammo vaqt oʻtishi bilan kuchli millatchilikka aylangan.

Oxirgi bob, 1955-yildagi roman qahramonlarining keyingi taqdirini hikoya qiladi. Lyudvig Bodmer Verdenbryukga qaytganidan soʻng doʻstlaridan hech birini qayta koʻrmaydi. Chunki ularning aksariyati Ikkinchi Jahon urushida yoki konslagerlarda halok boʻlgan edi.

Asar qahramonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lyudvig Bodmer — voqea uning nomidan aytilayotgan bosh qahramon. Birinchi jahon urushi qatnashchisi, „yoʻqolgan avlod“ vakili. U quroldosh doʻsti Georg Kroll bilan qabr toshlarini sotuvchi kompaniyada ishlaydi.
  • Georg Kroll — Birinchi jahon urushi qatnashchisi, Lyudvig Bodmerning safdoshi, urushning ashaddiy dushmani, ukasi Geynrixning mutlaqo teskarisi.
  • Genrix Kroll — Georg Krolning ukasi, oʻta millatchi, Georg va Bodmer bilan bir kompaniyada ishlaydi. Muallif epilogda tirik qolganini va urushdan keyin ham „qabrtosh“ idoralarida ishlashda davom etganini aytadi.
  • Frau Kroll aka-uka Krollarning onasi.
  • Eduard Knobloh „Valhalla“ mehmonxonasi va restoranining egasi.
  • Feldvebel Knopf — Birinchi jahon urushi faxriysi, ichkilikboz va beadab. Aka-uka Krollarning dafn qilingan uyi yonida yashaydi.
  • Gerda Shnayder gimnastikachi boʻlib, asar bosh qahramoni Lyudvig Bodmerni yaxshi koʻradi.
  • Vikar Bodendik ruhiy kasallar boshpanasining ruhoniysi boʻlib, u yerda yakshanba kunlari Lyudvig Bodmer organ chaladi.
  • Doktor Vernik Lyudvig Izabellani koʻrgani kelgan kasalxonada ishlaydigan shifokor. Shuningdek, uning shifokori ham.
  • Jenevra Tergoven (Izabella) shizofreniya kasalligiga chalingan qiz, Lyudvigning sevgilisi.

Avtobiografik asos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyudvig Bodmer personaji Erix Mariya Remarkning hayoti bilan juda koʻp umumiyliklarga ega. Misol uchun, ikkalasi ham Birinchi jahon urushidan keyin qisqa vaqt davomida boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻlgan, qabr toshlarini sotgan va kasalxonada organ chalgan. Xayoliy Verdenbryuk shahri koʻp jihatdan Remark tugʻilgan va yoshlik vaqtlarini oʻtkazgan Osnabryuk shahriga mos keladi. Lyudvig oʻzini shoir sifatida ham sinab koʻradi, shoirlar klubiga aʼzo boʻladi.

Tilman Vestfalen Lyudvig Bodmer va Remark oʻrtasidagi yanada koʻproq oʻxshashliklarni sanab oʻtadi va yozuvchining oʻzi ushbu avtobiografik taqqoslashlarning kitob izohida eslatib oʻtishini xohlashini taʼkidlaydi. U bundan koʻproq reklama kutgan[2].

Romanning ramziyligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Qora haykal"dagi hayoliy shahar aslida Osnabryukning oʻsha yillarda mavjud boʻlgan asli hisoblanadi. Misol uchun, shoir-mehmonxonachi Eduard Knoblohning haqiqiy prototipi aslida Eduard Petersili boʻlgan. U Osnabryukdagi „Valhalla“ mehmonxonasini boshqargan. Mehmonxona hozirda mavjud boʻlmasada u Ikkinchi Jahon urushi paytida vayron boʻlgan Germania mehmonxonasini ayni prototipi. 1931-yilda Petersili Charli Chaplin haqida invektiv sheʼrni nashr etadi va uni „zaif kichkina yahudiy“ [3] deb nomlaydi va 1932-yil 24-iyulda Osnabryukka kelganida Adolf Gitler bilan salomlashdi. „Qon va tuproq shoiri“ Hungermann Hungerlandga mos keladi va Vikar Bodendik nomi ham Bodensik yoki Bidendik familiyasiga ishora boʻlishi mumkin[4].

Boshqa faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Remark oʻz asarida, Veymar respublikasi publitstisti Kurt Tucholskiyning „… bir kishining oʻlimi — oʻlim, ikki millionning oʻlimi esa shunchaki statistika“ iborasini olgan. „Französischer Witz“ essesida u shunday yozgan: "Der Krieg? Ich kann das nicht so schrecklich finden! Der Tod eines Menschen: das ist eine Katastrophe. Hunderttausend Tote: das ist eine Statistik! "(Urush? Men buni juda dahshatli deb bilmayman! Bir kishining oʻlimi bu oʻlim, yuz ming odamni oʻlimi bu statistika!).
  • Ingliz tilidagi nashrida „One death is a tragedy. A million deaths is just a statistic“ deb berilgan.
  • Roman „Mutaxassislar tergov qilmoqda. Ish raqami 9, Guvoh, 1973-yil“ filmida tilga olingan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tilman Westphalen, Unser Golgatha, in: Erich Maria Remarque, Der schwarze Obelisk, KiWi 1998. — S. 395 ff., hier S. 403. — ISBN 9783462027259.
  2. Tilman Westphalen, Unser Golgatha, in: Erich Maria Remarque, Der schwarze Obelisk, KiWi 1998. — S. 395 ff., hier S. 403. — ISBN 9783462027259. Westphalen zitiert hier aus einem Brief Remarques an seinen Verleger Joseph Caspar Witsch vom 6. August 1956.
  3. Zitiert nach: Tilman Westphalen, Unser Golgatha, in: Erich Maria Remarque, Der schwarze Obelisk, KiWi 1998. — S. 395 ff., hier S. 404. — ISBN 9783462027259.
  4. Tilman Westphalen, Unser Golgatha, in: Erich Maria Remarque, Der schwarze Obelisk, KiWi 1998. — S. 395 ff., hier S. 404—406. — ISBN 9783462027259.