Erich Maria Remarque

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erich Maria Remarque
Erich Maria Remarque1.jpg
Tavallud sanasi: 22-iyun, 1898-yil(1898-06-22)
Tavallud joyi: Osnabrück, Quyi Saksoniya, Olmoniya
Vafot sanasi: 25-sentabr, 1970-yil(1970-09-25)
(72 yoshda)
Vafot joyi: Locarno, Shveysariya
Fuqarolik: AQSH bayrogʻi AQSH
Kasb: Romannavis
Magnum opus: Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq

Erich Maria Remarque (talaffuzi: Erix Maria Remark; kir. Эрих Мария Ремарк; 22-iyun, 1898 – 25-sentabr 1970) — olmon yozuvchisi. Gʻarbda "Yoʻqotilgan avlod" deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: "Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq" (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan maxrum etgan. 1932-yildan muhojirlikda yashagan. Urushda maʼnaviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti "Qaytish" (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. "Uch doʻst" (1938), "Zafar darvozasi" (1946), "Hayot alangasi" (1952), "Hayotmamot pallasi" (1954), "Qora haykal" (1956), "Osmon hech qanday seviklini bilmaydi" (1961), "Lissabondagi tun" (1963), "Jannatdagi soyalar" (1971) va boshqa asarlar muallifi. "Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq" va boshqa asarlaridan parchalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]