Sarkazm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarkazm (yun. sarkasmos, sarkaro — aynan: goʻshtni nimtalayman, porapora qilaman) — komiklik turi, badiiy uslub vositalaridan biri; masharalab fosh etuvchi murosasiz kulgi asosiga qurilgan fikrmulohaza. Zaharxanda, istehzoli achchiq kinoya. Biroq S.da obʼyektga munosabat kinoyadagidek "yuvosh, beozor", "hazil" shaklida boʻlmaydi, aksincha qahrgʻazab, nafrat ohangi sezilib turadi. Unda obʼyektni yer bilan yakson etuvchi, beomon, haqoratomuz baho ochiq va yalangʻoch ifodalanadi. S.da kinoyaga xos 2 maʼnolilik mavjud boʻladi va shu xususiyati bilan toʻgʻridantoʻgʻri ayblanuvchi yoki haqorat etuvchi nuqtalardan farqlanadi. Fosh etish S.ning harakterli xususiyatlaridan boʻlsada, rad etish uning asosiy mohiyati. Bunga koʻra, S. kinoyadan va uning askiya, maynabozchilik, mazax, piching , tahqirlovchi kulgi kabi turlaridan yuqori turadi. S. lirik va dramatik janrlarda, publitsistika, yumoristik va hajviy asarlarda, shuningdek, notiklik sanʼatida keng qoʻllaniladi. Adabiyotshunoslikda S. antik davrdan maʼlum. J.Svift, Servantes, Gogol, SaltikovShchedrin, Mayakovskiy, Hamza, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Gʻafur Gʻulom, Sayd Axmad va boshqalar Sdan samarali foydalanganlar. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil