Qonli baron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qonli Baron
Harry Potter obrazi
Ilk bora koʻringan Garri Potter va Falsafa Toshi
Soʻnggi bora koʻringan Garri Potter va Ajal Tuhfalari
Muallif(lar) J. K. Rowling
Umumiy maʼlumotlar
Taxallusi Anaxronizm
Jinsi Erkak
Unvoni Baron
Aslahalari Xanjar
Aloqador boshqa obraz(lar) Kulrang Xonim

Qonli Baron (inglizcha: Bloody Baron) – Slizerin fakultetining arvohi[1]. Bu qoʻrqinchli arvoh, kitobda: „boʻrtib chiqqan koʻzli, choʻziq, suyakdor yuzli va kumushrang qon bilan ifloslangan kiyimdagi arvoh“ – deb tavsiflangan. Koʻrinishi juda qoʻrqinchli boʻlganligi uchun undan barcha arvohlar qoʻrqishadi, hatto poltergeyst Pivz ham. Baronning eng sevmli hobbisi – bu Astronomiya fakultetida har xil shovqinli ovozlar chiqarish. Qonli Baronning tarixi Kulrang Xonim bilan bogʻliq. Hayotligida Ravenclaw fakulteti asoschisi – Helena Ravenclawni sevgan. Bir kuni gʻazabi qoʻzigan holatda (u har doim gʻazabdor xarakterga ega boʻlgan) sevgilisi Helena Ravenclawni oʻldiradi, qilib qoʻygan ishini tushunib yetganida esa oʻzining ham joniga qasd qiladi.

Filmdagi kamchiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rowena Ravenclaw XII asrdan oldin yashagan deb hisoblasak (oʻrtacha 1000 yil oldin Hogwarts tashkil topgani va buyuk afsungar uzoq yashagani hisobga olinsa), Qonli Baronning yashagan yillari ham oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Lekin, filmlarda u XVII asr ohiriga xos kiyimda chiqadi. Hatto undan 5 asr yoshroq boʻlgan Deyarli Boshsiz Nik ham undan ancha oldingi davrga xos kiyimda ekranga chiqadi.

Kitob va film oʻrtasidagi Baronning ikkinchi farqi – bu uning kiyimidagi qon rangi. Uning kiyimidagi qonning rangi kumushrang emas, qizil rangda. Lekin bu – personajning ekranda juda qisqa vaqt koʻrinishi bilan bogʻliq. Va tomoshabin bu qisqa vaqtda kumushrang dogʻlarni koʻrib olishga ulgurmaydi[2].

Sahna ortida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qonli Baron – Filmlarda umuman gapirmagan yagona fakultet arvohi. Ekranizatsiyada (filmlarda) Baron juda quvnoq personaj sifatida koʻrsatilgan boʻlsa, kitoblarda juda qoʻrqinchli va zolim qilib tasvirlangan. Slizerin arvohining taxallusi – Anaxronizm. Baron unvonini Britaniyada Norman istilosi davridan keyin, yaʼni 1066 yildan keyingi davrda uchratish mumkin. „Garri Potter va Azkaban Maxbusi“ nomli PS2 oʻyinida Shimoliy minorada Qonli Baronning haykali joylashgan

Obrazning madaniyatdagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Garri Potter va Falsafa Toshi (Birinchi koʻrinishi)[1]
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (film)
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (videooʻyin)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra[3][3]
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (videooʻyin)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (videooʻyin)
  • Garri Potter va Alanga Kubogi[4]
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (videooʻyin)
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (faqat eslab oʻtilgan)[5]
  • Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi (videooʻyin)(faqat eslab oʻtilgan)
  • Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi (faqat eslab oʻtilgan)[6]
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari (faqat eslab oʻtilgan)[7]
  • Garri Potter. Afsonaning Tugʻilishi
  • Garri Potter. Qahramonlar. Afsungarlar va Maggllar (faqat eslab oʻtilgan)
  • LEGO Garri Potter: 1-4 yoshlar
  • LEGO Garri Potter: 5-7 yoshlar
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery
  • Harry Potter: Wizards Unite
  • Harry Potter: Magic Awakened

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Rowling, Joan. Garri Potter va Falsafa Toshi. Rosmen. 
  2. „Кровавый Барон“. Harry Potter Fandom. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 Rowling, Joan. Garri Potter va Maxfiy Hujra. Rosmen. 
  4. Rowling, Joan. Garri Potter va Alanga Kubogi. Rosmen. 
  5. Rowling, Joan. Garri Potter va Feniks Jamiyati. Rosmen. 
  6. Rowling, Joan. Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi. Rosmen. 
  7. Rowling, Joan. Garri Potter va Ajal Tuhfalari.