Rowena Ravenclaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rowena Ravenclaw – afsungar, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Ravenclaw nomi berilgan. Ravenclaw fakultetining ramzi – koʻk fondagi Burgut (filmlarda qargʻaga almashtirilgan). Maktab asoschisi bo'lishdan tashqari, Rovena Reyvenklo Afsungarlar tarixidagi eng buyuk afsungarlardan biri edi. Aynan Ravenclaw Maktabning joylashgan joyini belgilagan va bundan tashqari unga "Hogwarts" nomini bergan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rovena Reyvenkloning diademasi
Rovena Reyvenkloning diademasi

Afsun va Sehrgarlik Maktabi – Hogwarts X asrning ohirlarida tashkil topganiga qaraganda, mantiqan Rovena ham X asrning 1-yarmida tugʻilgan deb hisoblanadi. Rovenaning Helena (baʼzi tarjimalarda – Yelena) ismli qizi boʻladi. Bir kuni Helena onasidan aqlliroq boʻlish maqsadida uning diademasini oʻgʻirlab ketadi. Buyuk afsungar ayol bu holatdan uyalgani sababli, oʻgʻrilikni hammadan sir tutib keladi. Buning ustiga qattiq kasallanib qoladi va qizini sevib qolgan Qonli Barondan uni topib, qaytib kelib onasi bilan vidolashishga koʻndirishni iltimos qiladi. Shunda ham Rowena oʻlimidan oldin oʻz qizini koʻrishga ulgurmay qoladi.

Asos solingan fakultet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rowena Ravenclaw insonlardagi donolik, aql va yumor hissini qadrlar edi va shunga tayangan xolda oʻquvchi qabul qilar edi. Aynan shu hislatlarga tayanib, hozirda Taqsimlovchi shlyapa talabalarni Ravenclawga yuboradi.

Rowena Ravenclaw Diademasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyvenkloning diademasi - qadimgi artefakt, uzoq asrlar davomida bu diadema Hogwartsdan yo'qolgan deb hisoblanib kelgan. Biroq Hogwarts talabasi - Tom Reddl uni Albaniya o'rmonlaridan qidirib topib, uni krestrajga aylantirishga muvaffaq bo'ladi. Krestraj yaratish uchun birinchi uchragan Albaniyalik dehqonni qurbon qilishga to'g'ri keladi. Krestraj 1998-yilning may oyida Vinsent Krebb tomonidan, "Jahannam o'ti" bilan yo'q qilinadi.

Koʻrinishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Garri Potter va Falsafa toshi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (birinchi marta tilga olingan)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Maxfiy Hujra (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Alanga Kubogi (videooʻyin) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (videooʻyin) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 1-qism (film) (byust-haykal shaklida)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (videooʻyin) (faqat tilga olingan)
  • Wizarding World
  • J. K. Roulingning rasmiy sayti
  • LEGO Garri Potter (seriya)
  • LEGO Garri Potter: 5-7 yosh
  • Garri Potterning Sehrli Dunyosi (Portret)
  • Garri Potter. Qahramonlar. Afsungarlar va Maggllar
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery (Portret)
  • Harry Potter: Wizards Unite
  • Garri Potter: afsun va topishmoqlar (faqat tilga olingan)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rovena Reyvenkloning byusti(rus tilida)

Rovena Reyvenkloning haykali(rus tilida)

Rovena Reyvenkloning diademasi(rus tilida)

Reyvenklo fakulteti