Qodirjon Botirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qodirjon Botirov

Qodirjon Botirov 2010-yil martda
Asl ismi Qodirjon Botirov
Tugʻilishi 9-mart 1956-yil (1956-03-09) (65 yosh)

Qodirjon Botirov — (1956-yil 9-mart) Qirgʻizistonlik oʻzbek tadbirkor va siyosatchi. Qirgʻizistonda faoliyat koʻrsatgan Oʻzbek milliy-madaniy markazi raisi boʻlgan. Oʻz hisobidan Jalolobod shahridagi Xalqlar Doʻstligi Universitetini ochgan. 2010-yil Qirgʻiziston janubida boʻlib oʻtgan milliy nizolardan keyin mamlakatdan chiqib ketgan. Hozirda Shvetsiyada siyosiy quvgʻin.[1]

Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qodirjon Botirov 1956 yilda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. U Andijon Xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. Qodirjon Botirov oʻzining tadbirkorlik faoliyatini 1980 yillarning ikkinchi yarmida oʻz kooperativini ochib boshlagan. Uning faoliyati mahalliy oʻzbeklar jamoasi orasida koʻzga koʻringan, 1992 yildan Jalolobod viloyat Oʻzbek Milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari etib saylangan. Milliy madaniy markazda Qodirjon Botirov oʻz faoliyatini asosan qirgʻizistonlik oʻzbek maktablari uchun darsliklar tayyorlash va kadrlarni yetishtirib chiqarish maqsadida taʻlim sohasiga qaratgan. U Jalolobod shahridagi Olimjon Botirov nomidagi Xalqlar Doʻstligi universitetining asoschilaridan boʻlgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]