Qoʻchqor Turdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻchqor Ahmedovich Turdiyev (1917.1.2, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Dardoq qishlogʻi — 1992.4.8.) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan frontda. Jan.Gʻarbiy front 38-armiyaning 47-togʻoʻqchi diviziyasida xizmat qilgan. Turdiyev 1941-yil 15-oktyabrda Xarkov viloyatining Krasnokutsk rni Trudolyubovka qishlogʻidagi jangda dushman dzotini portlatib yuborgan. 1942-yil 27-martda Qahramon unvoni berilgan. 1942-yil kichikleytenantlar kursini, 1943-yil Gomel harbiy piyodalar bilim yurtini tugatgan, vzvod va rotaga komandirlik qilgan. Urushdan keyin Andijon viloyatining "Oyim" jamoa xoʻjaligida sabzavotchilik, keyin sholichilik brigadasining boshligʻi boʻlib ishlagan. Toshkent shahridagi 59maktab, Andijon viloyati Oyim qishlogʻidagi 32maktab va koʻchaga nomi berilgan.