Qizketgan (magistral kanal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QizketganQoraqalpogʻiston Respublikasidagi magistral kanal. Amudaryodan suv oladi. Uz. 38,2 km, suv oʻtkazish imkoniyati 320 m³/s Nukus, Kegeyli, Qoraoʻzak, Boʻzatov, Chimboy tumanlaridagi 130,2 ming ga yerni sugʻoradi. Kanalning bosh inshooti 1935 yilda qurilgan; 1959-yilda kanalning oxirida Kegeyli (115 m³/s), Quvonishjarna (110 m³/s), Staxanovarna (25 m³/s) kanallariga suv berish uchun suvayirgʻich qurilgan; etak qismidagi 1 km masofada kanal oʻzani 117 m ga kengaytirildi va 5 m gacha chuqurlashtirildi (tindirgich vazifasini oʻtaydi va tarmoq kanallariga choʻkindilarning oʻtishini kamaytiradi). 1965 yilda Q.ga qoʻshimcha suv olish maqsadlarida Taxiatosh toʻgʻonining pastki bʼyefida Kattagʻor nasos stansiyasi (suv sarfi 54 m³/s) va Kegeyli kanaliga ulangan 18 km li kanal qurildi. Natijada kanal suvi bilan 218 ming ga dan koʻproq yerni sugʻorish mumkin boʻldi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil