Tindirgich
Tindirgich (suv xoʻjaligida) — oqim tezligi pasayganda suyuklikdagi muallaq aralashmalar choʻkadigan rezervuar, hovuz, kameralar. Gidrotexnika va sugʻorish sistemalarida T. kanallardagi loyqa, nasos va turbina parraklarini shikastlaydigan oqiziqlarni choʻktirishga moʻljallangan. Odatda, T. suv olgich (chiqargich) inshootlari tarkibiga kiradi yoki alohida qilib quriladi. Konstruksiyasi boʻyicha T. bir yoki koʻp kamerali; unga choʻkkan oqiziqlarni chiqarib tashlash usuli boʻyicha esa uzluksiz yoki vaqtvaqti bilan yuvib turiladigan, mexanik usulda tozalanadigan (zemlesos snaryadi, kanalkazgich, gidromonitorlar yordamida) va aralash usulda ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy yuvib turiladigan koʻp kamerali T. keng tarqalgan (kameralarni isteʼmolchiga suv berishni toʻxtatmagan holda tozalash mumkin). T.da suvning oqim tezligi 0,2—0,4 m/s. T.dan suv tozalash styalarida oqindi suvlarni tozalashda ham foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |