Qirqboʻgʻimdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirqboʻgʻimdoshlar — qirqboʻgʻimnamolarga mansub oʻsimliklar oilasi. Yagona qirqboʻgʻim turkumidan iborat. Poyasi yashil, oddiy, boʻgʻimlarga ajralgan. Barglari rivojlanmagan, mayda, tumorchasimon, pastki qismi qoʻshilib oʻsib, boʻgʻimining tagida halqa boʻlib joylashadi. Poyasi uchida sporali boshoq (strobila) hosil qiladi. U oʻzak va unda halqa boʻlib joylashgan qalqon shaklidagi sporofillardan iborat. Sporofillar ichida 5—10 ta sporangiy, ular ichida esa sporalar yetishadi. Sporalardan rivojlangan erkak gametofitlarda anteridiy, urgʻochi gametofitlarda esa arxegoniy hosil boʻladi. Anteridiyda koʻp xivchinli spermatozoidlar, arxegoniyda esa tuxumhujayra vujudga keladi. Urugʻlangandan soʻng gametofit bir yoki bir necha jinssiz nasl (sporofit) beradi. Jinssiz va jinsiy boʻgʻimlar gallanadi. Q.ning hozirgi vaqtda yashab turgan qirqboʻgʻim turkumi, urugʻi qurib bitgan ekvizetites turkumining sxizonevra turi va boshqa maʼlum.