Agoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agoniya (yun. agonia — kurash), holati razm — oʻlim talvasasi. Uning oʻziga xos belgilari: bosh miya faoliya-tining zaiflanishi, xirillash, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining bir tekis boʻlmasligi, koʻz qorachigʻining kengayishi, reflekslarning asta-se-kin yoʻqolishi, oyoq va badanning sovishi, rang boʻzarishi, tananing koʻkimtir tus olishi. Kishi koʻp qon yoʻqotganda, shok, asfiksiya va boshqalarda oʻz vaqtida te-gishli chora-tadbirlar koʻrilganda uni A. holatidan qaytarish mumkin. A. ni dastlab yunon tabiblari aniq tasvirlab berganlar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil