Qarun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QarunErondagi daryo, Shatt ulArab daryosining chap irmogʻi. Uz. 820 km, havzasining maydoni 60 ming km². Zagros togʻlaridan boshlanib, tor dara va soyliklardan, quyi oqimida Mesopotamiya pasttekisligida oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 770 m³/sek. Bahorda suvi koʻpayadi. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi, qisman tunnel orqali Isfahon vohasiga oqiziladi. Ahvoz shahrigacha kema qatnaydi.