Qanor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qanor — katta qop. Boʻz yoki kanop (qopbop) matodan tayyorlangan, asosan, paxta va somon tashishda ishlatilgan. 50-yillar oxiriga qadar Oʻzbekistonda xoʻjaliklar paxtani tayyorlov punktlariga qanorlarda tashib topshirgan. Qanorga 80–100 kg paxtani tiqib joylash mumkin boʻlgan. Paxtani tirkama aravacha (pritsep)larda tashishga oʻtilishi bilan Qanor ishlatilmaydigan boʻldi. Katta Fargʻona kanalida tuproqni tashish uchun ham ishlatilgan.