Qanatbay Ismaylov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qanatbay Ismaylov
Tavalludi 26-fevral 1959-yil (1959-02-26) (65 yosh)
Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Qoraqalpoq davlat universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Qanatbay Abdreymovich Ismaylov (1959-yil 26-fevral, Xoʻjayli tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik va oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qanatbay Ismaylov 1959-yili 26-fevralda Xoʻjayli tumanida tugʻilgan[1]. 1976-yilda Nukus tumanidagi 3-sonli oʻrta maktabni bitirib, shu yilning oʻzida Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi va 1981-yili shu universitetni „Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlaydi. 1982—1983-yillarda Ukraina SSR Fanlar akademiyasi yarimoʻtkazgichlar fizikasi institutida stajyor-tadqiqotchi lavozimida ishladi, soʻng 1983-yilda Ukraina SSR Fanlar akademiyasi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi instituti aspiranturasiga oʻqishga qabul qilinadi va 1986-yilda joriy institutni tamomlaydi. 1986—1991-yillarda Nukus davlat universiteti fizika fakultetining ilmiy tekshirish laboratoriyasida ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. 1988-yilda Ukraina SSR Fanlar akademiyasi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi institutida fizika-matematika fanlari doktori, professor Txorik Yuriy Aleksandrovich va texnika fanlari doktori Konakova Raisa Vasilevnalar rahbarligida „Влияние внешних воздействий на характеристики лавинно – пролетных диодов“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1]. 1992—1994-yillar davomida Ukraina Fanlar akademiyasi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi instituti doktoranti, 1994—1995-yillari Qoraqalpoq davlat universiteti yarimoʻtkazgichlar fizikasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritdi. 1995-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Quyosh — Fizikasi“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi huzuridagi Fizika-texnika institutida „Сильнополевые и радиационные эффекты в арсенид галлиевых приборных структурах“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qanatbay Abdreymovich Ismaylov „Yarimoʻtkazgichlar fizikasi“ sohasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi birinchi fan doktoridir.1995—1998-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida ilmiy, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat olib bordi. 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi „Tabiiy fanlar kompleksi“ instituti direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari va Qoraqalpoq davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2005—2011-yillarda Fizika fakulteti dekani va 2011-yildan boshlab hozirgi kungacha „Yarimoʻtkazgichlar fizikasi“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 1994—1999-yillar va 1999—2004-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati boʻlib saylangan[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

400 dan ortiq ilmiy ishlar, shu bilan bir qatorda, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 8 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni, 2019-yilda „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2001-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ koʻkrak nishoni, 2017-yilda „Oʻzbekiston konstitutsiyasiga 25 yil“ va 2022-yilda „Oʻzbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi“ esdalik nishonlari bilan taqdirlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]