Qalamtasvir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jon Vanderpoel qalamtasvir asari (1857-1911-yil)

Qalamtasvir - tekis yuzaga qoʻlda chiziq va nursoya (oq-qora boʻyoq dogʻlari) yordamida ishlangan tasvir, grafika vositalarida qalam, pero va boshqalar yordamida chegara chiziq, (kontur chiziq) yoki qisqa va yuluq chiziq (shtrix)lar hamda boʻyoq dogʻlarida bir xil (axromatik) rangda bajariladi.[1]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalamtasvir- barcha tasviriy sanʼat turlarining asosi hisoblanadi.[2] Qalamtasvir chizmalari 17-asrdan oldin maʼlum emas edi.Keyinchalik qalam bilan ishlash chizmalari zamonaviy konspektsizlar 18-19 asrlarda keng shakllangan. Hozirda zamonaviy rassomlar sanʼat asarlari va eskizlar uchun grafit qalamdan foydalanishda davom etadi.[3]Rasm badiiy taʼlimning (asosan, naturadan chizish, oʻquv mashqi) asosini tashkil qiladi. Rasm texnologik jihatdan quruq va suyuq holdagi boʻyoq ashyolaridan foydalanib bajariladi. Eng qadimda quruq boʻyoq — koʻmirga aylangan yongan yogʻoch qoldiqlari boʻlgan. Uygʻonish davrida italyan qalami (qora boʻr) va sangina (qizil boʻr) ishlatila boshlangan, 16-asr oxiridan grafit, 18-asrda bugungi kunda keng tarqalgan qalam amalda qoʻllanila boshlagan.

Zamonaviy qalamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangli qalam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangli qalamlar bilan chizilgan rasmlar yanada realroq koʻrinishiga egadir. Rangli qalamlar yordamida koʻplab portretlarni yaratish mumkin. Rangli qalam rassomlar va havaskorlarning sevimli mashgʻuloti.

Koʻmir qalam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻmir qalamlari yogʻoch koʻylagi ichiga kiritilgan siqilgan koʻmirdan iborat.Koʻmirning koʻp xususiyatlarini saqlab qolish bilan birga grafit qalamlarga oʻxshaydi. Koʻpincha koʻmir qalam bilan nozik va aniq detallar uchun foydalaniladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qalamtasvir“. Qaraldi: 11-sentabr 2022-yil.
  2. „Qalamtasvir“. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2022-yil.
  3. „Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari“. Qaraldi: 11-sentabr 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]