Eskiz
Jump to navigation
Jump to search
Eskiz (frans. ) — badiiy asar yoki uning alohida qismlari gʻoyasini aks ettiruvchi dastlabki qoralama, xomaki asar. E.da boʻlajak asarning kompozitsiya yechimi, shakllarning fazoviy kenglikda joylashuvi va ularning oʻzaro nisbatlari, umumiy rang tizimi xususiyatlari va boshqalar belgilab olinadi. E. grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlikda ularning tasvir vositalari yordamida ishlanadi. E. erkin, tez qoralama tarzida bajariladi, ayrim hollarda boʻlajak asarning mayda unsurlari ham oʻz aksini topadi. Koʻp hollarda E. mustaqil asar darajasiga qoʻtarilishi va badiiy qiymatga ega boʻlishi mumkin.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |