Pul birligi
Jump to navigation
Jump to search
Pul birligi, mamlakatning pul birligi — mamlakatda qonun yoʻli bilan joriy etilgan pul belgisi, mamlakat pul tizimining asosiy unsuri boʻlgan pul hisob kitobi birligi. Mas, Oʻzbekistonning Pul birligi—soʻm. AQShning Pul birligi — AQSH dollari, Buyuk Britaniya Pul birligi — funt sterling . Pul birligi mayda qismlarga boʻlinadi. Mas, 1 soʻm=100 tiyin, 1 rubl=100 kopeyka, 1 AQSH dollari=100 sent.
21-asr boshiga kelib jahon mamlakatlarining birontasida ham monometall pul muomalasi qolmadi. Shu sababli, asosiy Pul birligi kredit bank biletlari (banknotlar), shuningdek, davlat xazina biletlari va tanga pullardan iborat.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |