Proxojiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Proxojiy“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Gruppa krovi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1987
Janr post-pank
Davomiyligi 3:40
Leybl Gold Castle Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Gruppa krovi“ xronologiyasi
„Poprobuy spet vmeste so mnoy“ Proxojiy „Dalshe deystvovat budem mi“

Proxojiy“ (ruscha: Прохожий, yaʼni „Oʻtkinchi“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan „Gruppa krovi“ studiyaviy albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Viktor Soy yozgan.

Qoʻshiq 1986-yilning 3-iyunida, Leningrad rok-klubining IV festivalida ilk bor ijro etilgan. Ilk ijro davomida guruhning toʻrt aʼzosi bilan bir qatorda rassom Sergey Bugayev baraban, Andrey Krisanov esa esa bas-gitara chalgan. Qoʻshiq pank-rok janrida yozilgan.

Qoʻshiq yakunida bir daqiqa davomida turli shovqin va ohanglar yangraydi. Bu shovqinlarni Igor Vorichev hamda „Noviye kompozitori“ hozirlagan[1]. Shuningdek, qoʻshiq yakunida 1959-yil suratga olingan „Marya-iskusnitsa“ ertak kinosi uchun yozilgan ohang yangraydi.

Soy „Proxojiy“ qoʻshigʻidan qoniqmagan. Ammo xonanda har bir albomda oddiy qoʻshiq boʻlishi kerak, deb ishongan. „Gruppa krovi“ albomi uchun aynan „Proxojiy“ qoʻshigʻi bu rolni bajargan. Dastlab qoʻshiqni albomga kiritishni istashmagan, chunki albom 45 daqiqali kompakt kasseta sigʻmay qolgan. Pirovardida qoʻshiq albomga kiritilgan.

AQShda eʼlon qilingan „Gruppa grovi“ gramplastinkasiga „Proxojiy“ qoʻshigʻi kiritilgan. SSSRda esa qoʻshiq dastlab faqat kasseta hamda bobinalar orqali tarqatilgan. 1991-yil albom gramplastinkada qayta eʼlon qilingan.

„Chicherina“ guruhi Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun qoʻshiqni kaver qilgan. Shuningdek, qoʻshiq „Masyanya“ multfilmining „Elektrichka“ nomli epizodida yangraydi.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кушнир, Александр. 100 магнитоальбомов советского рока. 1977—1991: 15 лет подпольной звукозаписи. Москва: Аграф, 2003. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]