Protea cynaroides

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Protea cynaroides, shuningdek, shoh proteasi deb ataladigan, gulli oʻsimlikdir. Bu Protea turkumiga mansub eng katta gul boshiga ega turdir. Turlar, shuningdek, gigant protea, honeypot yoki shoh shakar buta nomlari bilan ham tanilgan. Janubiy Afrikaning janubi-gʻarbiy va janubiy qismlarida keng tarqalgan.

Protea cynaroides

Qirol proteasi Janubiy Afrikaning milliy gulidir[1]. Shuningdek, u Janubiy Afrika milliy botanika instituti tomonidan boshqariladigan Protea Atlas loyihasining ramzi hisoblanadi.

Qirol proteasi bir nechta rang shakllariga ega. Bogʻbonlar tomonidan 81ta nav tan olingan. Baʼzi navlarda gulning pushti rangi va barglarning qizil chegaralari, sariq rangga oʻzgargan.

Protea cynaroides oʻzining qalin yer osti poyasi sababli oʻrmon yongʻinlaridan omon qolishga moslashgan, unda koʻplab harakatsiz kurtaklar mavjud. Bu kurtaklar oʻsimlikka yongʻindan keyin yana oʻsishga yordam beradi.

Taksonomiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

The botanist dan Protea cynaroides

Protea cynaroides — Proteaceae oilasining protea turkumiga mansub. Oila 1600 ga yaqin turni oʻz ichiga olgan 80 ga yaqin turkumdan iborat. U asosan Janubiy yarimsharda, Janubiy Afrika Avstraliya, Janubiy Amerikada tarqalgan. Baʼzi turlari ekvatorial Afrika, Hindiston, Janubiy Osiyo va Okeaniyada ham uchraydi[2].

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Protea turkumining nomi yunon xudosi Proteus nomidan kelib chiqqan. U oʻz koʻrinishini turli xil shakllarga oʻzgartira oladigan xudo.

Cynaroides soʻzi gul boshlarining artishokga oʻxshash koʻrinishini bildiradi. Artishok Cynara turkumiga tegishli.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

P. cynaroides — qalin poyasi va yirik toʻq yashil, yaltiroq barglari boʻlgan buta. Koʻpgina oʻsimliklar yetuk boʻlganda bir metr balandlikda boʻladi, lekin yashash joyiga qarab 0.35 to 2 metr (1 ft 2 in to 6 ft 7 in) gacha boʻlishi mumkin. P. cynaroides ning „gullari“ diametri 120 to 300 millimetr (5 to 12 in). Katta, kuchli oʻsimliklar bir mavsumda oltitadan oʻntagacha gul boshini hosil qiladi, baʼzi turlar bir oʻsimlikda qirqtagacha gul boshini berishi mumkin.

Protea cynaroides

Ekologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullar bir qator nektarxoʻr qushlar, asosan quyosh qushlari, qandli qushlar, jumladan, toʻq sariq koʻkrakli quyosh qushi (Anthobaphes violacea), janubiy ikki yoqali quyosh qushi (Cinnyris chalybeus), malaxit quyosh qushi (Nectarinia famosa) tomonidan changlantiriladi.

Guldan oziqlanayotgan Cape shakar qushi .

Gullarni qushlardan tashqari hasharotlar ham changlantiradi, masalan, asalarilar, Cape asalarilar, qoʻngʻizlar, Scarabaeidae, Trichostetha fascicularis va maymun qoʻngʻizlari[3].

Boshqa koʻplab Protea turkumi turlari singari, P. cynaroides ham oʻrmon yongʻinlaridan keyin koʻpayish va qayta tiklanish xususiyatga ega. P. cynaroides yongʻindan keyin oʻzining yer osti poyasidagi kurtaklar orqali koʻpayadi[4].

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirol protea Janubiy Afrikaning milliy gulidir[5][6] va shu sababli gulning nomi milliy kriket jamoasiga berilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „About government - National flower“. South African Government Information. Government Communications (GCIS) (28-noyabr 2007-yil). 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2011-yil.
  2. Orchard, Anthony E. (ed.) „Proteaceae“,. Flora of Australia, Volume 16: Elaeagnaceae, Proteaceae 1. Melbourne: Australian Biological Resources Study / CSIRO Publishing. 15-avgust 2011-yilda qaraldi. 
  3. „Pollination of Proteas“. Proteas Atlas Project. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2011-yil.
  4. Jamieson. „Protea cynaroides“. South African National Biodiversity Institute (2001-yil iyul). 2016-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2011-yil.
  5. „About government - National flower“. South African Government Information. Government Communications (GCIS) (28-noyabr 2007-yil). 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2011-yil.
  6. „YouTube“. youtube.com. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.