Pinsk
Qiyofa
Pinsk belaruscha: Пінск | |
|---|---|
|
| |
| 52°6′55″N 26°6′11″E / 52.11528°N 26.10306°E | |
| Mamlakat | Belarus |
| Asos solingan | 1097 |
| Aholisi (2021) |
125 900 |
| Telefon kodi | +375 165 |
| Pochta indeks(lar)i | 225700, 225710, 225716, 225745 |
| Avtomobil kodi | 1 |
|
| |
Pinsk — Belarusning Brest viloyatidagi shahar, Pina daryosining Pripyatga quyiladigan joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Dare porti. Aholisi 132,6 ming kishi (1998). P.da yengil (trikotaj kombinati, sunʼiy charm, zigʻir tola zavodlari), yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari zavodlari ishlab turibdi. Belarus melioratsiya va suv xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining Polesye kompleks boʻlimi, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona mavjud. Shahar 1097-yildan maʼlum. 1318-yildan Litva va Polsha tarkibida, 1793— 1917-yillarda Rossiya imperiyasi, 1921— 39 yillarda Polsha tarkibida. Fran-siskan kostyoli (XVI asr boshlari), But-rimovich saroyi (XVIII asr) bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |