Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika
Asl nomi | Практическая грамматика английского языка |
---|---|
Muallif(lar) |
Kseniya Kachalova Yeruxim Izrailevich |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | grammatika |
Nashriyot | „Vneshtorgizdat“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1952 |
Sahifalar soni | 556 |
„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (ruscha: Практическая грамматика английского языка) („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“) — Kseniya Kachalova hamda Yeruxim Izrailevich qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1952-yil Moskva shahrida „Vneshtorgizdat“ nashriyotida chop etilgan.[1]
„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ ingliz tili grammatikasi boʻyicha sovet davrida eng keng qoʻllangan kitobdir. Asar bir necha oʻn marta qayta nashr qilingan. Ayrim nashrlar ikki jilddan iborat.
Asar SSRI Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan. Shuning uchun unda savdo-sotiq hamda iqtisod mavzularida koʻplab misollar keltirilgan. Asarda ingliz tili morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi hamda AQSH hamda Britaniya dialektlari oʻrtasidagi farqlar boʻyicha maʼlumot berilgan. Kitobda yana mustaqil oʻrganuvchilar uchun mashqlar hamda ularning javoblari keltirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2017-yil 2-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (8-nashr) (Wayback Machine saytida 2017-01-03 sanasida arxivlangan) (rus.)