Porfiriy Kazanskiy
Porfiriy Kazanskiy | |
---|---|
Tavalludi | 1885-yil 4-mart |
Vafoti | 1938-yil 16-sentyabr |
Ijod qilgan tillari | ruscha |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Faoliyat yillari | 1906 – 1937-yillar |
Porfiriy Alekseyevich Kazanskiy (1885-yil 20-fevral (4-mart), Tomsk viloyati, Kerevskoye qishlogʻi – 1938-yil 16-sentyabr) – rus sovet shoiri, jurnalist, yozuvchi, oʻqituvchi, Barnaul shahar dumasi raisi (1918). „Oltoy hayoti“ gazetasining muharriri (Barnaul, 1913).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Porfiriy Alekseyevich Kazanskiy 1885-yilda Tomskiy tumani Bogorodsk volostining Karevskoye qishlogʻida qamoqxona idorasi amaldori oilasida tugʻilgan. Tomskdagi gimnaziyani tugatgan (1903), Tomsk texnologiya institutiga oʻqishga kirgan, 1907-yilda hukumatga qarshi faoliyati uchun oʻqishdan haydalgan. 1911-yilda Tomsk universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
Porfiriy 1917-yil aprel] va avgust oylarida Barnaul shahar dumasi deputati etib saylangan. U Oktyabr voqealarini bolsheviklar tomonidan hokimiyatni tortib olish sifatida baholagan. Taʼsis majlisining tarqalishiga qarshi chiqqan, shuningdek, Kolchak diktaturasini ham maʼqullamagan.
Kazanskiy 1917-yilda G.Pushkarev bilan birgalikda koʻplab yozuvchilarni birlashtirgan va 1920-yilgacha Barnaulda mavjud boʻlgan „Aguliprok“[1] adabiy birlashmasini tuzgan.
Yozuvchi 1918-yil iyul oyida, Sovet hokimiyati qulagandan soʻng, guberniya gubernatorligiga aʼzo etib saylangan. Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi, dekabr oyidan – boshqarma raisining oʻrinbosari boʻlgan. Porfiriy boshqaruv aʼzosi, Rossiya geografiya jamiyatining Oltoy boʻlimi raisi, keyinchalik Oltoy oʻlkasining mustaqil madaniy-maʼrifiy ittifoqiga aylantirilgan Oltoy kooperativlari madaniy-maʼrifiy boʻlimi boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.
Porfiriy Alekseyevic menshevik sifatida ishdan boʻshatilgan va qamoqqa olingan. „Krasniy Altay“ gazetasida tavba-tazarru arizasi eʼlon qilinganidan keyin ozod qilingan. Shundan soʻng 22-maktabda geografiya fanidan dars bera boshlagan.
1931-yilda yana hibsga olingan va dalil yoʻqligi uchun ozod qilingan[2]. 1932-yilda oilasi bilan Tyumensevo qishlogʻiga koʻchib oʻtgan va u yerda mahalliy maktabda adabiyot va geografiyadan dars bergan. Adabiy toʻgaraklarni boshqargan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]A.Ershov, A.Jilyakov, S.Isakov bilan birgalikda Sibir yozuvchilarining Sibir haqidagi asarlarini oʻz ichiga olgan "Biblioteka „Sibirskiy rassvet“ kitoblar turkumini nashr etish tashabbuskor guruhi aʼzosi boʻlgan[3] . 1918-yilda "Biblioteka „Sibirskiy rassvet“ turkumida „Rodnomu krayu“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Kitobning tiraji 30 000 nusxani tashkil etgan va bu „oʻsha vaqt uchun ulkan raqam boʻlgan“[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Literaturno-prodovolstvennim on bil nazvan v shutku. Podrobnee sm. Trushkin V. Puti i sudbi. Izd. 2-e ispr. – S. 420—421
- ↑ Papkov S. A. Payki, raspredeliteli i terror: polojenie pisateley v sovetskoy provinsii v 1930-e godi // Kultura i vlast v SSSR. 1920—1950-e godi: Materiali IX mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. Sankt-Peterburg, 24 – 26 oktyabrya 2016 g. – M.: Политическая энциклопедия; Prezidentskiy sentr B. N. Yelsina, 2017. – S. 211.
- ↑ 3,0 3,1 Trushkin V. Literaturnaya Sibir pervix let revolyutsii. – S. 76—77.