Kontent qismiga oʻtish

Pon Pon Pon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Pon Pon Pon“
Kyary Pamyu Pamyu qoʻshigʻi
B tomon „Toety“
Chiqarilgan sanasi Iyul 2011-yil
Janr Pop
Davomiyligi 4:02
Leybl Warner Music Japan
Prodyuser(lar)
  • Yasutaka Nakata

Pon Pon Pon – yapon qoʻshiqchisi Kyari Pamyu Pamyuning qoʻshigʻi. Moshi Harajuku EP nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini Yasutaka Nakata yozgan. Kawaii va Decora madaniyatlarini aks ettirgan qoʻshiq 2011-yil 20-iyul kuni ommaga taqdim etildi va tez orada xitga aylandi[1][2]. Qoʻshiq „iTunes“ platformasida joylashtirilgach, yuklab olishlar osni boʻyicha Finlandiyada 1-oʻrinni, Belgiyada esa 4-oʻrinni egallagan. 2012-yilgi holatga koʻra, qoʻshiqni yuklab olishlar soni 1 millionga yetgan. 2024-yilgi maʼlumotlarga koʻra esa, YouTube platformasida koʻrishlar soni 200 millionni tashkil etgan.

  1. Dooling, Annemarie. „'PonPonPon' Gives Us A Kawaisa Seizure“. Huffington Post (2011-yil 27-iyul).
  2. Favorite Summer Artists & Cats Grilling Out (!!!): Itʼs Episode 2 Of MTV’s Pop Music Web Show, 'Bigger Than The Buzz'!. Buzzworthy.mtv.com (2011-08-04). Retrieved on 2011-12-08.