Polinez tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polinez tillari - avstronez tillari oilasining alohida guruhi; Okeaniya tillaridan (jami 30 ga yaqin). Polineziyada (tub aholi tillari), shuningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka orollarida (tashki poli-nez tillari) tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy miqdori 1 mln. kishidan ortiq. Polinez tillari tonga (tonga va niue) tillari va asl polinez tillari guruhchalariga, asl polinez tillari esa samoa-tashki (samoa, tuvalu, tokelau, futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashki polinez tillari) va shar-qiy polinez tillariga (maori, gavay, taiti, rarotongo, rapanui, tuamotu va boshqalar) ajratiladi.

Polinez tillari grammatik qurilishi jihatidan analitik tillardan. Fonetikasida 5 ta unli va 8 tadan 12 tagacha undosh tovush bor. Gapni tashkil etuvchi eng muhim birlik lugʻaviy maʼno bildiruvchi mustaqil soʻz hamda uning oldida yoki ortida joylashuvchi xilma-xil yordamchi (grammatik maʼno bildiruvchi) soʻzlar majmuidan iborat. Gapda soʻz tarti-bi bir qadar erkinroq: koʻp tillarda ega kesimdan keyin, baʼzilarida esa ran boshida keladi; aniqlovchi aniklanmishdan keyin keladi. Soʻz yasalishining keng tarqalgan turlari soʻz qoʻshish va soʻz takroridir.

Polinez tillari 19-asrgacha yozuvga ega boʻlmagan; 19-asrdan bir qancha adabiy Polinez tillari lotin alif-bosi asosidagi yozuvga ega boʻldi. 20-asrning oʻrtalarigacha Polinez tillari yaxshi oʻrganilmagan. 20-asr Urtalaridan ushbu tillarni sinxron tarzda hamda qiyosiytarixiy oʻrganish boshlangan.

Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil