Polifoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polifoniya (poli... va fon) — ovoz (kuy)larning ifodaviy-badiiy oʻzaro tengligiga asoslangan koʻp ovozlilik turi. Aksi — gomofoniya. Turli xalqlar musika merosida va kompozitorlar ijodida asosan 3 ta P. turi ajratiladi: kuy va unga joʻr boʻluvchi variantlarning baravar sadolanishiga asoslangan yordamchi ovozli P.; ovozdan ovozga oʻtadigan bitta kuy (mavzu)ga asoslangan imitatsiyalp P.; bir necha mustaqil kuy bir vaqtning oʻzida sadolanishiga asoslangan kontrastmavzuli P. Yevropa kup ovozli musikasida 9-asrdan maʼlum (organum, diskant, diafoniya, kontrapunkt). Tarixiy rivojida katʼiy (15—16-asrlar, yetuk misollari Ni-derland maktabi vakillari, Palestri-na va boshqa ijodida) va erkin (17-asrdan, I.S. Bax, G. F. Gendel va boshqalar) P. davrlari ajratiladi. 20-asrda I. Stravinskiy, D. Shostakovich, P. Xindemit, O. Mes-sian, B. Britten, V. Lyutoslavskiy va boshqa ijodida shaklan va usluban boyidi. Oʻzbekiston kompozitorlari (G. Mu-shel, T. Qurbonov va boshqalar) P. ga muhim oʻrin ajratib, uni oʻzbek musiqa merosiga xos bayon va rivojlanuv xususiyatlar bilan uzviy boglashga intilishgan. P. oʻquv fan i sifatida maxsus musika taʼlim tizimiga kiritilgan. Uzbek musiqashunoslari 20-asr oʻrtalaridan uzbek bastakorlari ijodida P. va monodiya uygʻunlashuviga asoslangan yangi —polimonodiya uslubini ham ajratadilar. Mazkur uslub muayyan sozlar temb-ri, oʻzaro farqlanuvchi sadolar yoʻnalishi, cholgʻular yoki ansambl ovozlarining oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Dastlab u K. Jabborov, M. Mirzayev va, ayniqsa, F. Sodikrv kabi bastakorlarning cholgu kuylari va ayrim ashula asarlarida shakllangan. Keyinchalik N. Qulabdullayevning "Oʻylamang", A. Ismoilovning "Uchrashuv", "Holim soʻrma", "Favvora", "Toʻyona" kabi asarlarida yorkin ifodasini topgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Koralskiy A., Polifoniya v tvorchestve kompozitorov Uzbekistana. — Voprosi muzikoznaniya, vip. 2, T., 1971; Qurbonov T., Polifoniya, T., 1991.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil