Gomofoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gomofoniya (gomo... va yun. phone — tovush, ovoz) — musiqada koʻp ovozlilik turi; G.da bir (odatda yuqoridagi) ovoz yetakchi boʻlib, boshqa ovozlar unga boʻysunadi, joʻr boʻladi. Bu xususiyati bilan G. barcha ovozlarning teng huqukliligiga asoslanuvchi polifoniyapan farq qiladi. G. atamasi asosan kompozitorlik ijodiyotiga nisbatan ishlatilsada, G.dagi ovozlarning badiiy-ifodaviy nisbatlari (tengsizligi) ogʻzaki anʼanadagi musiqa, jumladan oʻzbek xalq musiqasiga ham xosdir (mas, doira yoki dutor joʻrligida qoʻshiq aytish va h.k.). Kompozitorlar ijodida G., avvalo, opera, oratoriya, kantata, joʻrli yakkaxon qoʻshiqda va cholgʻu musiqasida qaror topdi. 17—19-asrlar Gʻarbiy Yevropa musiqasida G.ning keng tarqalishi garmoniya vositalarining jadal rivoji bilan barobar bordi. 20-asr boshlarida gomofonik musika shakllari oʻz rivojining maʼlum poyoniga yetdi. Oʻzbekistan kompozitorlari (M. Burhonov, S. Yudakov, M. Bafoyev va b.) ham G. xususiyatlaridan unumli foydalandilar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil