Pokrovskiy monastiri (Xarkov)
Pokrovskiy monastiri | |
---|---|
Собор Покрова Пресвятої Богородиці | |
Monastir 2020-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Meʼmoriy uslubi | Ukraina barokkosi |
Joylashuvi | Xarkov |
Mamlakat | Ukraina |
Pokrovskiy monastiri (Xarkov) |
Pokrovskiy monastiri sobori 1689-yilda qurilgan Ukrainaning Xarkov shahridagi eng qadimiy sobordir. Majmua tarkibida seminariya, Pokrovskiy sobori, Xarkov yepiskop qarorgohi va Ona Ozerianska ibodatxonasi mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi yogʻoch cherkov XVII asrning birinchi yarmida qurilgan va Teotokos sharafiga muqaddaslashtirilgan. 1659-yilda mahalliy kazaklar toshdan maʼbad qurishga qaror qilishadi. Qurilish 1689-yilda tugatilgan va yepiskop Avraam Uxov tomonidan muqaddaslashtirilgan. Tosh cherkovi anʼanaviy ruscha uch gumbazli bazilika uslubida yaratilgan. Yuqori qismi qoʻngʻiroq minorasi va narteks galereyasi bilan tutashgan[1].
1726-yilda yepiskop Epifan Tixorskiy va feldmarshal Mixail Mixailovich Golitsingar Xarkov Pokrovskiy monastiri tashkil etganlar. Monastir majmuasi tarkibiga Xarkovdagi birinchi oliy taʼlim muassasasi boʻlgan kollegiya ham kirgan.
Pokrovskiy monastiri 1729-yilda qayta tiklanadi va yangi cherkov buyumlari bilan jihozlanadi. 1732-yilda qoʻngʻiroq minorasiga 1,6 tonnali yangi qoʻngʻiroq oʻrnatiladi. 1799–1846-yillarda cherkovga sobor maqomi berilgan. 1920-yillarda yopilgan va 30 yildan ortiq vaqt davomida chirib borgan. 1992-yilda Ukraina pravoslav cherkovi boshqaruviga qaytarilgan[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
1910-yillardagi otkritka
-
Monastir 2016-yilda
-
1840-yillardagi gravyura
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Denisov, Leonid. 1100 православных монастырей Российской империи, 2019. ISBN 9785041532109.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Denisov 2019.
- ↑ „Великолепная семерка: 7 самых старых зданий Харькова“ [The Magnificent Seven: 7 oldest buildings in Kharkiv] (ru). My Kharkiv (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2022-yil 15-mart.