Seminariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seminariya — oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining bir turi. 16-asrning 2-yarmidan Gʻarbiy Yevropaning qator mamlakatlarida diniy oʻquv yurtlarini S. deb atay boshladilar. 17-asrda Gʻarbiy Yevropada oʻqituvchilar tayyorlovchi S.lar tashkil etilgan (1684-yil Fransiyaning Reyms shahrida, 1695-yil Germaniyaning Galle shahrida). S 19-asrning 1-yarmida shveysariyalik pedagog I.G. Pestalotssi gʻoyasi asosida rivojlandi. 1917-yil gacha Rossiya va Ukrainada boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan ped. oʻquv yurtlari oʻqituvchilar S.si deb atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil