Poʻlat
Poʻlat |
---|
Temir-uglerod qotishma fazalari |
Temir-uglerod qotishma strukturalari |
Po`latlar |
Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C) |
Cho`yanlar |
Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) |
Poʻlat — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) poʻlatlar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
Poʻlat suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq poʻlat konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik poʻlat pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi poʻlat temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.
Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida poʻlat hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), poʻlat tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt poʻlatning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli poʻlat ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.
Poʻlatni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq poʻlatga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, poʻlat tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. Poʻlat ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi.
Dunyo miqyosida poʻlat ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. Poʻlat qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1]
Poʻlat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolgʻalanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Poʻlat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Klassifikatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poʻlatlar konstruktsiyaviy va asbobsozlik turlariga bo'linadi
Poʻlatning tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zichligi — (7,7-7,9)*10³ kg/m³;
Solishtirma ogʻirligi — (7,7-7,9) g/cm³;
Erish temperaturasi — 1300—1400 C ;
Poʻlatlarning turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poʻlat markasi | Toplash | Qattiqligi |
---|---|---|
35 | normallashish | 163—192 HB |
40 | yaxshilanish | 192—228 HB |
45 | normallashish | 179—207 HB |
45 | yaxshilanish | 235—262 HB |
40X | yaxshilanish | 235—262 HB |
40X | yaxshilanish+el. toki bilan zakalka | 45-50 HRC; 269—302 HB |
40XN | yaxshilanish | 235—262 HB |
40XN | yaxshilanish+el. toki bilan zakalka | 48-53 HRC; 269—302 HB |
35XM | yaxshilanish | 235—262 HB |
35XM | yaxshilanish+el. toki bilan zakalka | 48-53 HRC; 269—302 HB |
35L | normallashish | 163—207 HB |
40L | normallashish | 147 HB |
45L | yaxshilanish | 207—235 HB |
40GL | yaxshilanish | 235—262 HB |
Poʻlat ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlatlar | 2007-yilda, ming tonna | Jahon boʻyicha, % |
---|---|---|
Dunyo boʻyicha | 1344265 | 100 % |
Osiyo | 754574 | 56,1 % |
Afrika | 18764 | 1,4 % |
Yaqin sharq | 16452 | 1,2 % |
Yevropa Ittifoqi (27) | 210186 | 15,6 % |
Yevropa Ittifoqi (15) | 175609 | 13,1 % |
Qolgan Yevropa davlatlari | 30452 | 2,3 % |
Okeaniya | 8745 | 0,7 % |
Shimoliy Amerika | 132834 | 9,9 % |
MDH (6) | 124006 | 9,2 % |
Janubiy Amerika | 48251 | 3,6 % |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |