Plyuralizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Plyuralizm (lot. pluralis — koʻplik) — 1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. "P." terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). P.ning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik harakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va boshqalar); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar oʻz manfaatlarini oʻz vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va boshqa tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida (qarang Demokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil