Personalizm
Jump to navigation
Jump to search
Personalizm (lot. persona — shaxs) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, odam fiqolovchi mavjudot emas, harakat qiluvchi, muayyan mavqeni egallovchi shaxsdir. P. 20-asrning boshlarida Rossiya (N. A. Berdyayev, L. Shestov) va AQSH da (B.P.Boun) vujudga kelgan. P.ning markazida shaxs tushunchasi turadi. Xususan, bilish nazariyasida shaxs bilish jarayonining ishtirokchisi sifatida qaraladi. Shu maʼnoda Nitsshepyap keyin barcha falsafa u yoki bu darajada shaxslashtirilgan. Falsafiy antropologiyani ham P.ning namoyon boʻlishi shakli deb hisoblash mumkin. Etikada P. deganda individual qadriyatlarni boshqa axloqiy qadriyatlardan afzal deb hisoblash tushuniladi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |