Plaun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plaun (Lycopodium) — plaundoshlar oilasiga mansub sporali doim yashil, koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi koʻpincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lansetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki toʻp boʻlib zich joylashgan. Spora boshoqchalari oʻzaqsan va zich joylashgan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, Shimoliy yarim sharda uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Bir yillik P. va toʻgʻnogʻichsimon P. turlari keng tarqalgan. Sporalar hosil qilib va vegetativ (ildiz, ildiz bachkilar, tuganaklar orqali) koʻpayadi. Sporasi 3—8 yilda unib chiqadi, gametofiti saprofit boʻlib, 12 yil davomida rivojlanadi. P. zaharli, quruq sporalari farmatsevtikada hab dorilar tayyorlashda va sanoatda metall quyishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil