Sporali oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sporali oʻsimliklar - asosan, sporalar yordamida jinsiy va jinssiz koʻpayadigan oʻsimliklar. Koʻpchilik S.oʻ. noqulay muhit sharoitini spora holatida oʻtkazadi. Ayrim S.oʻ.da sporalar kamdankam paydo boʻladi, ular, asosan, tanasining boʻlaklarga boʻlinishi yoʻli bilan koʻpayadi. Tuban sporali oʻsimliklar va yuksak sporali oʻsimliklarga boʻlinadi. Tuban sporali oʻsimliklar suvoʻtlar, bakteriyalar, zamburugʻlar va lishayniklardan; yuksak sporali oʻsimliklar esa plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqpar, selaginella va ayrim qazilma oʻsimliklardan iborat. S.oʻ. ochiq urugʻlilar va yopiq urugʻlilarta qaramaqarshi qoʻyiladi. Pekin urugʻli oʻsimliklarning chang donachalari va murtak xaltachasi yuksak S.oʻ.ning sporalariga gomolog hisoblanadi.Siporali o`simliklar to`rt bo`limdan iborat.Bular 1 yusin toifalar bo`limi.2 plaun toifalar bo`limi.3 qirq bo`g`imlar bo`limi.4 qirq quloqlar bo`limi.