Piyoz halqalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Piyoz halqalari
Milliy oshxona AQSh oshxonasi
Asl nomi Onion ring
Kelib chiqishi AQSh, Buyuk Britaniya
Asosiy komponentlari Piyoz, quritilgan non (suxari)

Piyoz halqalari, shuningdek, fransuzcha qovurilgan piyoz halqalari (inglizcha: onion ring, French fried onion ring)[1] Britaniya va Amerika oshxonalaridagi gazak yoki garnir yeguligi hisoblanadi. U xamirga botirilgan yoki non boʻlaklariga bulangan, soʻngra frityurda qovurlgan, kesilgan piyoz yoki halqalardan iborat. Klyar uchun un va tuxum, shuningdek, pivo[2], paxta[3], smetana, yogurt[4] dan ham foydalaniladi. Ular ham odatda pishloq bilan birga qovurib olinadi[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1802-yildan buyon Britancha retsept ostida piyozni tilim shaklida kesiladi, suyuq xamirga botiriladi, ustiga parmezan pishlogʻini qoʻshiladi va choʻchqa yogʻida qovurilib kelinadi. Uning yoniga kuydirilgan sariyogʻ va xantal sousini qoʻshish tavsiya etiladi[6].

XX asrdan boshlab frityurda qovurilgan piyoz tilimlari yoki halqalari uchun retsept va havolalarni topishingiz mumkin: ulardan biri 1910-yildagi Midltaun, Nyu-York[7]; boshqasi esa 1933-yilgi Crisco reklamasi. Turli restoranlar piyoz halqalarini ixtiro qilganliklari borasida daʼvo qilishdi, jumladan, 1920-yillarning boshida Texasning Oak-Kliff shahrida tashkil etilgan Kirby’s Pig Stand restoranlar tarmogʻi[8] ham davogarlardan biri hisoblanadi.

Oziq-ovqat kimyosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayyorlash jarayonida piyozdagi propanitial oksid bispropenil disulfidda parchalanadi, bu piyoz halqalarining biroz shirin lazzati uchun javob beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "French Fried Onion Rings", The Big Apple, February 11, 2007
  2. Lukovie kolsa v pivnom klyare
  3. Lukovie kolsa
  4. Lukovie kolechki
  5. Lukovie kolsa s sirom vo frityure
  6. Mollard, John. The Art of Cookery Made Easy and Refined, second, 1802 — 152 bet. 
  7. Middletown (New York) Daily Times, quoted in The Big Apple, February 11, 2007.
  8. „Oak Cliff Trivia“. OakCliff.com. Qaraldi: 25-oktabr 2010-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Charles Sinclair. onion rings // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 408. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.