Piramida (Memfis)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Memfiz Piramidasi

Категория:Антропогенные географические объекты по алфавиту Категория:ПРО:АГЕО:Последняя правка: в текущем году

Buyuk Amerika piramidasi sifatida tanilgan va qisqacha Piramida[1] deb atalgan. Pyramid Arena dastlab Memfis markazida Missisipi daryosi qirgʻogʻida qurilgan arena hisoblanib, arena 20 142 muxlislarni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Tuzilma 1991-yilda qurilgan va dastlab Memfis shahri va Shelbi okrugi tomonidan egalik qilingan va birgalikda boshqarilgan. Shelbi okrugi 2009-yil aprel oyida Memfisga egalik ulushini sotib yuboradi[2].

Arenaning gʻayrioddiy tuzilishi oʻzining piramidalari bilan mashhur boʻlgan qadimgi Misrning Memfis shahriga ishora qilib turadi. Inshootning balandligi 98 metr boʻlib, poydevorining oʻlchami esa 180 metrga ega boʻlib, u Xeops piramidasi (138,75 m), Xafre piramidasi (136,4 m), Luksordan keyin oʻlchamlari boʻyicha dunyodagi oltinchi yirik piramida hisoblanadi. Las-Vegasdagi mehmonxona (106 m), Pushti Piramida (104 m) va Bent Piramida (101,1 m), shuningdek, shahardagi sakkizinchi eng baland binolar qatoriga kirgan. Pyramid Arena ham Ozodlik haykalidan bir oz balandroq (taxminan 5 metr). Bir necha yillar davomida Misrdan haqiqiy haykal shaklida yaratilgan Buyuk Ramses II haykali binoning kirish eshigi oldida qad roslanib turardi. Biroq, 2011-yilda haykal Memfis universiteti tomonidan nominal 1 dollar evaziga ijaraga olinadi va 2012-yil aprel oyida oʻzining asosiy kampusiga koʻchiriladi.

2004-yildan beri Pyramid Arena sport yoki koʻngilochar markaz sifatida faoliyatini toʻxtatadi. Keyinchalik bino Bass Pro Shops supermarketiga aylantiriladii, arenaning tepasida ochiq kuzatuv maydonchasi mavjuddir.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Buyuk Amerika piramidasi" ni Memfisning yosh rezidenti Brent Xarts yaratgan, u kelajakdagi oltin piramidaning koʻrinishini chizgan, uning Memfis ramzi sifatida piramida haqidagi tushunchasi tadbirkor Jon Tigrettga yoqqan. Binoning poydevor qoʻyish marosimi 1989-yil 15-sentyabrda boʻlib oʻtdi va 1991-yil 9-noyabrda Piramida Arenaning ochilish marosimi boʻladi.

Strukturaning dizayni, shuningdek, uning qurilishiga Denver Nuggets basketbol klubi va Tigrett Memfisga olib kelgan bir nechta koʻngilochar kompaniyalarning hammuallifi Sidney Shlenker boshchilik qilgan: binoda turli xil sayyohlik joylarini yaratish uchun dastlab rejalar mavjud boʻlgan.Ular quyidagilardan iborat edi: musiqaga bagʻishlangan qisqa toʻlqinli radiostantsiya, Memfis, Hard Rock kafesi, Musiqa muzeyi, Mud oroli oʻyin parki va boshqa koʻngilochar ob'ektlardir. Biroq, Tigrett va Shlenker oʻrtasidagi kelishmovchiliklar va keyingi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli rejalari amalga oshirilmay qoladi.

Piramida arenasidan foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pyramid Arena Memfis universiteti vakili boʻlgan Memfis Tigers basketbol jamoasi va keyinchalik Memfis Grizzlies NBA klubi uchun uy maydoni boʻlib xizmat qildi. Biroq, 2004-yil noyabr oyida ikkala jamoa ham yangi Fedex Forum arenasiga koʻchib oʻtishadi.

Pyramid Arena 1993-yilgi Buyuk Oʻrta Gʻarb konferensiyasi erkaklar va ayollar basketbol turniriga, 1994-yil va 1997-yillardagi Janubi- Sharqiy konferensiya erkaklar basketbol turniriga, 1996-yil va 2000-yillardagi AQSh erkaklar basketbol turniriga va 2003-yilgi ayollar basketbol konferensiyasiga mezbonlik qilgan. Shuningdek, u 1995, 1997 va 2001-yillarda NCAA turnirining birinchi va ikkinchi bosqichlariga mezbonlik qilgan.

Pyramid Arenada 2002-yilda Lennoks Lyuis va Mayk Tayson oʻrtasidagi boks uchrashuvi ham boʻlib oʻtadi, unda Lyuis sakkizinchi raundda Mayk Taysonni nokautga uchratib gʻalaba qozonadi.

2005-yil oxirida rejissyor Kreyg Brever binoni ovozli sahna sifatida ishlatgan sababi u oʻzining " Qora ilon nolasi " filmi uchun[3] ishlatgan edi.

2002-yildan 2006-yilgacha bu yerda yana Masihdagi Xudo cherkovi ruhoniylarining yillik xalqaro uchrashuvlari boʻlib oʻtardi.

2002-yilda Pyramid Arenada Elvis Presli vafotining 25 yilligiga bagʻishlangan kontsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Muammolar va yopilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pyramid Arena ochilganidan beri bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Bino ochilgan kechada drenaj nasoslari yetarli boʻlmagani uchun arena pollari suv ostida qolgan. Arena ham NBAga tayyor boʻlishi kerak edi; ammo, Memfis Grizzlies shaharga koʻchib oʻtganida, Pyramid Arenani ushbu standartlarga moslashtirishdan koʻra, NBA standartlariga mos keladigan yangi arena qurish moliyaviy jihatdan arzonroq boʻlishini tushunib yetadi va NBA satandartlariga mos keladigan yangi arenani qurishga kirishadi.

2004-yildan beri Pyramid Arena sport yoki koʻngilochar markaz sifatida ishlatilmay kelinadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Memfisdagi eng baland binolar roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Mall Of Memphis : Remembering the Marketplace of the Midsouth | Main / Pyramid“. 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2014-yil.
  2. „McMillin, Zack. Once filled to the rafters, Pyramid sits empty as its future is debated. Memphis Commercial Appeal, Sunday, May 10, 2009.“. 1-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2014-yil.
  3. „Casting call announced for 'Black Snake Moan'“. Memphis Business Journal (18-avgust 2005-yil). 2008-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]