Kontent qismiga oʻtish

Pinar Deniz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pinar Deniz
Tavalludi 1993-yil 4-noyabr
Adana. Turkiya
Fuqaroligi Turk
Kasbi Aktrisa


Pinar Deniz — Turk aktrisasi. 1993-yil 4-noyabrda Turkiya davlati, Adana viloyatida tugʻilgan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1993-yil 4-noyabrda Adanada asli arab oilasida tug‘ilgan va ikki yoshidan Istanbul shahrida ulgʻaygan.[1][2] Istanbul universitetining jamoatchilik bilan aloqalar va reklama boʻlimini tamomlagan.[3] U 2014-yilda Star TV telekanilda namoyish etilgan Sil Baştan teleserialida Evrim obrazini gavdaltirishi orqali ilk aktrisalik tajribasiga ega boʻlgan. Shuningdek u xonanda Murat Dalkilichning Yani qoʻshigʻining klipida oʻynagan. 2016-2018 yillar oraligʻida Kanal D telekanalida namoyish etilgan Vatanim Sensin serialida Yulduz obrazini gavdalantirgan. U 2018-yilda FOX telekanalida Berk Cankat bilan bosh roʻlni Bir Deli Ruzgar teleserialida Go‘kche obrazini ham gavdalantirgan. U Netflix platformasida namoyish etilgan Sevgi 101 serialida Burju obrazini gavdalantirgan. Bugun 2021-yilda Turkiyaning Kanal D telekanalida namoyish qilina boshlagan „Jeylin Erguvan“ obrazini gavdalatirayotgan „Hukum“ serialida, „Sevgi101“ da bosh rolni ijro etgan Kan Urganjiog‘li bilan bosh rollarni gavdalantirishmoqda.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adana’da doğdum“. 25 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 ocak 2020.
  2. „Mardinliyim. Aslen Arap kökenliyiz..Tarabya’da sokak kültürüyle büyüdüm“. 25 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 ocak 2020.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 12 nisan 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 nisan 2020.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]