Kontent qismiga oʻtish

Pilyastra

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pilyastra, pilyastr (lot. pila — ustun) — meʼmorlikda bino devori sirtidan toʻgʻri burchakli ustunning bir tomoni shaklida boʻrtib chi-qib turadigan element. Ustunda mavjud boʻlgan qismlar (tana, kapitel, baza) Pilyastrada ham mavjud. Pilyastra tekis devorni boʻlaklarga ajratib, unga alohida salobat va chiroy bagʻishlaydi. Pilyastra, asosan, binoning xonalari chegarasini ajratish va devorni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Koʻp qavatli binolarda Pilyastra hamma qavatlarni oʻzaro birlashtirib, bir butun yaxlitlikni yuzaga keltiradi, bir qavatli bino va turar joylar ham Pilyastrasiz qurilmaydi, faqat ulardagi P.ning kapitel va bazalari juda sodda boʻladi. Baʼzilarida kapitel boʻlmasligi ham mumkin. Mahalliy meʼmorlikda P.ning yarim minorasimon, kungurasimon xillari ham keng tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil