Kapitel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kapitel (lot. capitellum — kallak) — kolonna, ustunning tepa bezatilgan qismi (q. Bosha). K.lar qad. meʼmorlikdagi order tizimida (q. Meʼmorlik orderlari) takomillashtirilgan. U arxitrav (bosh ustun, hari)ni yoki ustiga qoʻyilgan yukni ushlab turadi. K. dastlab Sharqsa, keyinchalik Yevropa meʼmorligida keng qoʻllanilgan. Oʻrta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli K.lar mahalliy meʼmorlikning oʻziga xos uslubida shakllangan. Oʻrta Osiyoda Kushon podsholigi meʼmorligida gandhara anʼanalari taʼsirida korinf orderi uslubidan foydalanilgan (mas, Termiz, Ayritom va Tuproqqalʼadan topilgan K.lar). 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yevropa meʼmorligiga taqlidan Oʻzbekistonda bosh tarzini hashamatli, qator kolonnali K. (paxta, meva va b. bezaklar) bilan pardozlangan binolar qurish avj oldi [Beshyogʻoch maydonidagi turar joy binosi (meʼmori M. Bulatov, 1955), Chirchikdagi kimyogarlar (meʼmori A. Petrosov, 1956) va Bekoboddagi metallurglar (meʼmori A. Boboxonov, 1950-60) madaniyat saroylari va b.].3amonaviy binolar qurilishida K. ning oʻziga xos uslublari yaratilmoqda (metroning "Mustaqillik maydoni" bekati, Temuriylar tarixi davlati muzeyidagi K. bezaklari va b.).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil