Pikey
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. | |
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring. |
![]() | Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Pikey (PK) | |
---|---|
Rejissor | Rajkumar Ximani |
Produser |
Vidhu Vinod Chopra Rajkumar Ximani |
Ssenariynavis(lar) |
Abhijat Joshi Rajkumar Ximani |
Rollarda |
Anushka Sharma Suhant Sinh Rajput Boman Irani Sanjay Datt |
Sharhlovchi | Amir Xon |
Bastakor | Shantanu Moytra |
Kinematografiya |
Vinod Chopra Films Rajkumar Hirani Films |
Reliz sanasi | 2014 |
Mamlakat |
![]() |
Til |
hindi bhojpuri rajastxani |
Budjet | 135 mln rupiy |
Pikey (inglizcha: PK) — 2014-yilda rejissyor Rajkumar Xirani tomonidan hind tilida suratga olingan ilmiy-fantastik komediya filmdir. Film Yer sayyorasida diniy qarama-qarshiliklar ichida qolgan oʻzga sayyoralik haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Amir Xon, boshqa rollarni esa Anushka Sharma, Boman Irani va Sanjay Duttlar ijro etishgan.
Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilingan. Shuningdek, u butun dunyo boʻylab 7 milliard rupiydan ortiq daromad keltirdi va bu Hindistonning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylanishiga yetarli boʻldi. Film ijodkorlarga ikkita "Filmfare" mukofotini ham qoʻlga kiritishlariga sabab boʻlgan.
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Rajastan" shtatiga odam qiyofasidagi oʻzga sayyoralik Yerda tadqiqot olib borish uchun kemasida uchib keladi. Biroq, u birinchi uchratgan Yer odami undan uyga qaytishi uchun zarur boʻlgan kema kalitini oʻgʻirlab ketadi. Shunday qilib , u uyiga qaytib ketish uchun kerakli bo'lgan asbobni qidirishni boshlaydi va shaharda turli odamlarga duch keladi. Yerliklar haqida yaxshi ma'lumotga ega bo'lmagan PK bir qizni uchratib qoladi, ular do'st tutinishadilar. Qiz PK yo'qotib qo'ygan narsasini topishda yordam beradi. Film oxirida PK maxsus asbobini topib uni qaytarib olgach o'z sayyorasiga qaytib ketadi.