Philippe Senderos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Philipp Senderos
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-fevral, 1985-yil
Tavallud joyi Jeneva, Shveytsariya
Boʻyi 190sm
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992-2002 Servet
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2003 Servet 26 (3)
2003-2010 Arsenal 64 (4)
2008-2009 Milan 14 (0)
2010 Everton 2 (0)
2010-2014 Fulham 57 (2)
2014 Valensiya 8 (0)
2014-2016 Aston Villa 8 (0)
2017-2018 Xyuston Dinamo 10 (4)
2019 Kyasso 3 (0)
2002-2019 Jami 209 (13)
Milliy terma jamoa
2000-2001 Shveytsariya(16 yoshgacha) 14 (3)
2001-2002 Shveytsariya(17 yoshgacha) 15 (1)
2002-2005 Shveytsariya(21 yoshgacha) 17 (2)
2005 Shveytsariya(20 yoshgacha) 3 (0)
2005-2016 Shveytsariya 57 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Filipp Silven Senderos (fransuzcha: Philippe Sylvain Senderos;1985-yil 14-fevral, Jeneva shahrida tugʻilgan.) -shveytsariyalik futbolchi, himoyada oʻynagan. Shveytsariya terma jamoasi oʻyinchisi. 2006, 2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini Shveysariyaning „Servett“ klubida boshlagan.

2002-yil dekabr oyida u Londonning „Arsenal“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi[1]. 2005-2006 yilgi oʻyin mavsumida Filipp „kanonirlar“ safidagi ilk gollarini „Vest Bromvich“ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan va „Midlsbro“ga qarshi 7:0 hisobida gʻalaba qilgan.

2008-2009 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Senderos Italiyaning "Milan" klubiga ijara asosida oʻtadi[2][3]. Yangi klubga oʻtganidan soʻng toʻsatdan jarohat olgani sababli asosiy jamoaga kira olmadi. U „Milan“ safida debyutini UEFA kubogi uchun Portugaliyaning „Braga“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Umumiy hisobda Filipp „Arsenal“ga qaytgunga qadar italyanliklar safida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan.

„Arsenal“ga qaytganidan soʻng, Senderos „kanonirlar“ uchun Liga kubogida 2 ta oʻyinda ishtirok etdi. 2010-yil yanvar oyida mavsum oxirigacha „Everton Liverpul“ jamoasida oʻynadi[4]. Filipp Senderson „Everton“ tarkibida boʻlgan paytida „Uigan Atletik“ga qarshi debyut oʻtkazadi. Filipp „Everton“ safida 3 ta oʻyinda maydonga tushadi va oʻyin mavsumi oxirida „Arsenal“ga qaytadi.

2010-yil 8-iyun kuni „Arsenal“ni tekinga tark etgan Filipp Senderos „Fulxem“ bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi[5][6].

2014-yil 31-yanvarda u Ispaniyaning „Valensiya“ klubi futbolchisiga aylandi[7].

2014-yilning 5-iyunida 2 yillik shartnoma asosida Birmingemning „Aston Villa“ klubi futbolchisiga aylandi[8].

2016-yilning 29-yanvarida u Grasshopper jamoasiga qoʻshilib, 6 oylik shartnoma imzoladi[9].

2016-yilning 31-avgustida sinovdan oʻtib, Shotlandiya Reynjers bilan bir yillik shartnoma imzoladi[10].

2017-yil 7-avgustda Senderos MLSning „Xyuston Dinamo“ klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzadi[11]. U Amerika ligasida debyutini 2017-yil 9-sentabrda Kolorado Rapidsga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[12]. 2018-yilning 3-martida mavsumning ochilish raundining "Atlanta Yunayted "ga qarshi o‘yinida u MLSdagi ilk golini urdi[13] va haftaning ramziy terma jamoasiga kiritildi[14]. 2018-yilning 7-iyulida " Minnesota Yunayted "ga qarshi o‘yinda u dubl[15] qiladi va yana MLSda haftaning ramziy terma jamoasiga qoʻshiladi[16]. 2018-yilgi mavsumda tizzasidan olgan jarohati tufayli 15 ta uchrashuvni oʻtkazib yuboradi[12]. 2018-yilgi mavsum oxirida Senderosning „Xyuston Dinamo“ bilan shartnomasi yakuniga yetdi[17].

2019-yil 10-sentabrda Filipp Senderos Chiasso[18] ga qo‘shildi. 2019-yil 16-dekabrda Filipp Senderos futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[19].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Senderos 15 yoshdan Shveytsariya terma jamoasining barcha yosh guruhlarida qatnashdi.

Asosiy terma jamoa uchun u 2005 yilning mart oyida Fransiya terma jamoasiga qarshi debyut qilgan. Shuningdek,2006, 2010 va 2014-yilgi jahon chempionati va Evro-2008 musobaqalarida ishtirok etgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2005 yil
  • Amirliklar kubogi: 2007 yil
  • Amsterdam turniri: 2005, 2007
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 2006(finalchi)
  • Futbol Liga kubogi: 2007(finalchi)
  • Angliya Superkubogi: 2005(finalchi)

Xyuston Dinamo

  • AQSh ochiq kubogi: 2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arsenal sign Swiss defender“ (en). BBC Sport (20-dekabr). 2010-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  2. „Senderos joins AC Milan on season-long loan“ (en). Arsenal.com (2008-yil 27-avgust). 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-avgust.
  3. „Milan complete Senderos loan move“ (en). BBC Sport (2008-yil 27-avgust). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  4. „Arsenal's Philippe Senderos joins Everton on loan“ (en). BBC Sport (2010-yil 25-yanvar). 2010-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  5. „Fulham sign defender Philippe Senderos from Arsenal“ (en). BBC Sport (2010-yil 8-iyun). 2020-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  6. „«Фулхэм» подтвердил подписание Сендероса“. 2010-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-iyun.
  7. Alex Kalinauckas. „Fulham confirm Philippe Senderos has sealed permanent Valencia switch“ (en). London Evening Standard (2014-yil 31-yanvar). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  8. „Aston Villa: Philippe Senderos signs on free from Valencia“ (en). BBC Sport (2014-yil 5-iyun). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  9. „Philippe Senderos signs for Swiss club Grasshoppers“ (en). ESPN (2016-yil 29-yanvar). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  10. „Philippe Senderos: Rangers hand Swiss defender a one-year deal“ (en). BBC Sport (2016-yil 31-avgust). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  11. „Houston Dynamo sign Swiss defender Philippe Senderos“ (en). Houston Dynamo (2017-yil 7-avgust). 2019-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  12. 12,0 12,1 „Philippe Senderos“ (en). Houston Dynamo FC. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  13. „Recap: Houston Dynamo 4, Atlanta United FC 0“ (en). Houston Dynamo (2018-yil 3-mart). 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyul.
  14. Alicia Rodriguez. „Team of the Week presented by Audi: Earthquakes' Hoesen leads in Week 1“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 5-mart). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  15. „Recap: Houston Dynamo 3, Minnesota United FC 0“ (en). Houston Dynamo (2018-yil 7-iyul). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  16. Alicia Rodriguez. „Team of the Week presented by Audi: Samuel Armenteros leads in Week 19“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 9-iyul). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  17. „Dynamo announce roster moves ahead of 2019 season“ (en). Houston Dynamo (2018-yil 27-noyabr). 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  18. „L'ex nazionale Philippe Senderos tesserate per il Chiasso!“ (en). F.C. Chiasso (10 settembre 2019). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  19. „Philippe Senderos: Ex-Arsenal defender announces retirement“ (en). BBC Sport (2019-yil 16-dekabr). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.