Petar Denchev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Petr Yuriy Denchev (bolgarcha: Петър Юрий Денчев; 1989-yil 16-mart, Plovdiv) — bolgariyalik futbolchi, darvozabon.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petr Denchev professional faoliyatini 2007 yilda Bolgariyaning ikkinchi divizioni Plovdivning „Spartak“ jamoasida boshlagan va klubda 2008-yilning oʻrtalariga qadar oʻynagan. Denchevning debyuti 2007-yil 3-noyabrda „Shumen“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan.

2008—2009-yilgi mavsumda „Sliven“ tarkibida Bolgariya oliy divizionida debyut qilgan, ikki mavsumni shu klubda oʻtkazgan. Keyin esa oliy divizionda "Cherno More[1], "Lokomotiv " (Plovdiv) [2] va "Neftoximik " (Burgas) va birinchi divizionda „Spartak“ (Varna) klublarida o‘ynagan.

2014-yilning ikkinchi yarmida "Navbahor" safida O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib, 11 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Bolgariyaga qaytib, birinchi divizionda „Neftoximik“ va „Levski“ (Karlovo) jamoalarida oʻynagan. 2017-yilning bahorida „Lokomotiv“ (Gorna-Oryaxovitsa) safida oliy divizionda ikkita oʻyin oʻtkazgan[3], lekin birinchi ligaga tushib ketganidan keyin jamoani tark etgan[4]. 2017—2018-yilgi mavsumda „Amvrisseas“ safida Gretsiyada oʻynaygan.

2008-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida (19 yoshgacha) Ivan Karadjovning yordamchisi boʻlgan, bu turnirda Bolgariya jamoasi soʻnggi oʻrinni egallagan. 2009-yilda Bolgariya yoshlar terma jamoasi safida bitta rasmiy o‘yin o‘tkazib, yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida shvetsiyalik tengdoshlariga qarshi o‘yinda 60-daqiqada Ivan Kirevni almashtirgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Черно море привлече Петър Денчев“ (Bulgarian). gong.bg. Qaraldi: 2010-yil 23-iyun.
  2. „Локо (Пд) подписва с Шмайхела, вратарят пътува към Варна“ (Bulgarian). topsport.bg. 2013-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-fevral.
  3. „Локо Горна Оряховица се раздели с Цецо Генков и още четирима, взе вратар“ (Bulgarian). gong.bg (2016-yil 28-dekabr). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  4. „Решение СТК 07.07.2017 г“ (Bulgarian). bfunion.bg (2017-yil 7-iyul). 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  5. „SWEDEN U21 VS. BULGARIA U21 2 — 1“. 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]