Peperoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Peperoni[1] (inglizcha: pepperoni, italyancha: peperoni — italyan-amerika salyamisining achchiq turi[2], shuningdek, amerikancha pitsa nomi. Asosan choʻchqa goʻshtidan tayyorlanadi, shu bilan birga tovuq, mol va boshqa goʻsht turlari bilan tayyorlangan amerikancha variantlari ham bor. Peperoni quritilgan kolbasa boʻlib, achchiqligi jihatidan janubiy Italiya salyamisiga, xususan „Salsiccia Napoletana piccante“ga, Neapolning achchiq kolbasasi[3] yoki Kalabriya Sopressatasiga oʻxshaydi[4][5]. Ularning asosiy farq shundaki, pepperoni asosini tashkil qiluvchi massa mayinroq boʻladi (Milanning ziravorsiz salyamisi kabi) va odatda sunʼiy qobiqdan foydalangan holda tayyorlanadi.

Peperoni (peperoni) soʻzi italyancha peperone soʻzining koʻplikda aytilishi boʻlib, qalampir degan maʼnoni anglatadi, italyan-amerika oshxonasida esa achchiq kolbasa maʼnosini beradi. Italiyada pepperoning amerikancha turiga buyurtma berish uchun salame piccante yoki salamino piccante (Kalabriyada keng tarqalgan achchiq salyami) olib kelishlarini soʻrashingiz kerak. Peperoni qoʻshilgan pitsaning italyancha nomi — pizza alla diavola (achchiq kolbasa bilan) tarzida aytiladi.

Shu bilan birga, pepperoni kontinental Yevropada qalampirning turli navlari, jumladan qizil va mayda achchiq, koʻp hollarda tuzlangan qalampir, Italiyada „paprika, achchiq qizil qalampir“ (italyancha: peperoncino) yoki „shirin nordon qalampir“ (italyancha: peperone piccante) ni anglatadi. AQShda esa ular pepperoncini yoki banan qalampirlari deb ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nauchno-informatsionniy „Orfograficheskiy akademicheskiy resurs AKADYeMOS“ Instituta russkogo yazika im. V. V. Vinogradova RAN // GRAMOTA.RU — spravochno-informatsionniy internet-portal „Russkiy yazik“
  2. Kulinarnaya ensiklopediya. Tom 27. M., 2016
  3. Moskin, Julia. „Pepperoni: On Top“. The New York Times (1-fevral 2011-yil). 14-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  4. „Salumi tipici italiani: Salsiccia - Salsiccia Napoletano - Salsiccia Siena - Salsiccia Toscana“. www.agraria.org. 19-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  5. „Soppressata calabrese“. www.ricettedicalabria.it. 26-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]