Qalampir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalampirituzumdoshlarga mansub chala buta, buta yoki koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik r-nlarida uchraydi. Issiqsevar oʻsimlik. Peru Q. i (C. angulosum), kolumbiya Q. i (C. conicum), egilgan Q. i (С. гиевсеш), sabzavot Q. (C. annuum) yoki garmdori va boshqalar turlari bir yillik oʻsimlik sifatida hamma qitʼalarda oʻstiriladi. Sabzavot Q.i turining poyasi tik (1 m gacha), ildizi oʻqildiz, mevasi koʻp urugʻli, qizil, sariq, toʻq sariq, qoʻzoq, shakli turlicha. Mevasi tarkibida qand, quruq modda, S, V,, V2vitaminlari, karotin, alkoloidlar bor. Sabzavot Q.i platsentasi tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab chuchuk (q. Bolgar qalampiri) va achchiq boʻladi. Uzbekistonda achchiq Q.ning "Margʻilon 330" va "Nafis" ("Pikantngy"), mayda mevali "Kelin tili" navlari koʻp ekiladi. Achchiq Q. qoʻzogʻining poʻsti yupqa, shakli maydauzunchoq. Gullaganidan keyin mevasi 35—40 kunda yetiladi. Uruti issiqxonalarga sepilib, ochiq yerlarga koʻchati ekiladi. Hosiddorligi 200 s/ga. Koʻk va pishgan (qizil) qoʻzoqlari xom holida isteʼmol qilinadi, ovqatga solinadi, sirkalash, tuzlash, konservalashda, quritilgan mevasi tolqoni ziravor sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda qandli diabet kasalligi hamda qonni suyultiruvchi davo sifatida, sanoatda shamollashga qarshi ishlatiladigan Q. malhamli mato ishlab chiqarishda foydalaniladi.