Kalabriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalabriya — Italiya jan.dagi yarim orol. Apennin ya.o.ning jan. qismi. Ioni va Tirren dengizlari oraligʻida. Uz. 250 km chamasida, kengligi 40 dan 100 km gacha. Yer yuzasining katta qismini Kalabriya Apennin togʻlari egallagan. Eng baland joyi 2271 m. Iklimi oʻrta dengiz iqlimi, yanvarning oʻrtacha t-rasi 10°, iyulniki 26°, oʻrtacha yillik yogʻin 1000 mm. Togʻ yon bagʻirlari makvis chakalakzorlari, qisman, oʻrmonlar bilan qoplangan. Sohil qismidagi kambar, sertepa tekislikda dehqonchilik qilinadi. K. hududi seysmik faol zona. Yirik shaharlari: Rejodi-Kalabriya, Katanadzaro, Kozensa.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil