Pekche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastlab Pekche Koreya yarim oroli janubidagi maxan yoki boshqacha aytganda chinxanmaxan jamoasi (ilk davlatchilik shakli) tarkibiga kirgan. Xitoy va koreys yilnomalarida Pekchening kelib chiqishi borasida to'rt xil qarash mavjud. Jumladan, "Samguk sagi"da Pekchening tashkil topishiga oid ikki xil fikr bildirilgan. Birinchisiga ko'ra, Pekche Koguryoning asoschisi Jumongning o'g'li onjo tomonidan tashkil qilingan. Rivoyatga ko'ra, Jumongning birinchi nikohidan tug'ilgan katta o'g'li va vorisi Yuri Shimoliy Puyeda, ikkinchi xotinidan tug'ilgan Piryu va onjo ismli o'g'illari Koguryoda yashagan. Yuri Koguryoga kelgan vaqtda Piryu va onjo janubga jo'nab ketgan. Aynan bu yerda Ondjo yangi davlat- ga asos solgan. Ikkinchi taxminga ko'ra, Piryu va Onjo Jumongning o'gay o'g'illari boTishgan. Ba'zi olimlar fikricha, Piryu va onjo tarixiy shaxslar emas, balki Pekche aholisi shakllanishiga asos botgan.

Koreysjamoasini gavdalantiruvchi obrazlardir. Piryu Koguryo bosib olgan piryu urug'i, Onjo esa okcho qabilasining nomidan kelib chiq- qan. Aynan bu qarashga asoslanib, koreys tarixchilari Pekchening paydobo'lish davrini eramizgacha bo'lgan I asr deb hisoblaydilar. Yapon tarixiy hujjatlariga ko'ra, Pekchening asoschisi Tonmyondir. "Chjou shu" ("Chjou tarixi") nomli Xitoy yilnomasiga ko'ra, Pekche davlatiga Kutxe degan kishi asos solgan. Bu o'rinda, gap Puye vani - Vi Kutxe to'g'risida ketayotgan bo'lsa kerak. Pekcheda Kutxe nomli ibodatxona bo'lib, u yerda Pekche davlatining asosc- hisiga bag'ishlab qurbonlik qilinar ekan. Yilnomada yozilishicha, Pekchening paydo bo'lish tarixi eramizgacha bo'lgan III asrga to'g'ri keladi. Hukmdor sulola vakillari Puye nasabiga ega bomishi bilan birga, Xe, Sa, Yon, Xyon, Chin, Kol, Pek va Mok nomli 8 ta zodagonlar urug'idan ham bolmagan.